O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI X. SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD-EKSPERTIZA MARKAZI SUD-EKSPERTLIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILADI

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi.

Ixtisoslik nomi O‘rinlar soni
Tayanch doktorantura (PhD)
12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi 3

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

– magistr yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga;

– dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy maqolalarga (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari).

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktorantura va  mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (http://phd.mininnovation.uz) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

– Institut direktori nomiga tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;

– talabgorning qisqacha biografik ma’lumotnomasi;

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma;

– pasport nusxasi;

– сhet tili yoki boshqa tan olingan til sertifikatlari, darajasidan qat’iy nazar.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim o‘qish uch yilgacha davom etadi.

Tayanch doktoranturada va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 15-sentabridan 10-noyabr kuniga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Shuningdek, talabgorlar Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti ma’sul xodimlariga 2023-yilning 10-noyabrga qadar barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun

Telefon: (71)-209-11-55 ichki (153, 201, 203)

Markaz veb-sayti: https://sudex.uz/

Elektron manzil: institut@sudex.uz

Ma’lumot uchun: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

 

Skip to content