Sud avtotexnika ekspertizasi

O‘zbekiton Respublikasida amalga oshirilayotgan va jamiyatning barcha soxalarini to‘liq qamrab olgan isloxotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarining ximoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni saqlashga qaratilgan. Ma’lumki amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar mamlakatning chinakam rivoji, axoli turmush darajasining yuksalib borishi, axoli yalpi daromadlarining o‘sishi, axolining mulkka ega bo‘lishi, davlat boshqaruvida fuqarolarning faolligi, axoli huquqiy ongi va madanyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati hamda bevosita ularning faoliyatida jamoatchilik nazorati kabi ko‘plab ijobiy ko‘rinishlarda nomoyon bo‘lmoqda.

Yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biri jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdir. Qayd etilgan ustuvor vazifani bajarish huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funksiyasini tashkil etadi. Zero, fan-texnika yutuqlarini huquqni muxofaza qilish organlari va sud faoliyatiga keng tadbiq etish ishlarining yuritish sifatini oshiradi, jinoyat ishiga oid dalillarni o‘z vaqtida qo‘lga kiritish, jinoyat sodir etgan shaxslarni tezda aniqlash va fosh etish orqali jinoyat protsessi vazifalarini samarali bajarilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ekspertiza bugungi kunda surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmokda. Turli jinoyat, fuqarolik va ma’muriy ishlarda shaxs, fuqaro, davlat va xo‘jalik faoliyatlarini yurituvchi korxonalarning qonun manfaatlari umume’tirof etilgan normalar asosida ximoya qilinishida, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud ekspertizasi ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudlar oldida turgan vazifalarni xal qilishda fan, texnika va xunar soxasidagi maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni xal qilishda sud ekspertizasi muhim rol o‘ynaydi.Ular o‘z faoliyatlarida xar-xil jinoyatlari tezkorlik bilan fosh etish, xolisona tergov qilish va sudda ko‘rish hamda nizolarni xal qilish jarayonida sud ekspertizasi imkoniyatlarida keng foydalaniladi. Chunki sud ekspertizasi maxsus bilimlarga asoslangan ish bo‘yicha xaqiqiy xolatni aniqlashga qaratilgan asosiy protsessual harakatdir.

Hususan sud avtotexnika ekspertizasi ham yo’l transport xodisalariga oydinlik kiritish bo‘yicha sud huquq organlariga ko‘mak berib kelmoqda.

Mamlakatimiz o‘zining transport sanoatiga erishganidan so‘ng shahrimiz ko‘chalarida transport vositalarining soni yildan yilga ortib bormoqda. Shu bilan birga afsuski yo‘l transport xodisalari soni xam ortib bormoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasini xal qilishda huquqiy mexanizmlar sezilarli o‘rin egallaydi. Yo‘l transport xodisasida xolatga oydinlik kiritishda sud avtotexnika ekspertizasi muhim omil vazifasini o‘taydi.

  • Sud avtotexnika ekspertizasi – bu mexanika (asosan avtomobil nazariyasi), fizika, matematika va boshqa fanlarning qonuniyatlariga asoslangan ilm tarmog‘idir.
  • Sud avtotexnika ekspertizasining vazifalariga: yo‘l-transport xodisasi mexanizmini o‘rganish, ekspert tadqiqotlarining xususiy uslubiyatini ishlab chiqarish, avtotexnika soxasidagi nazariy bilimlarni shakllantirish va boshqalarni kiritish mumkin.
  • Sud avtotexnika ekspertizasi predmetiga : yo‘l transport xodisasini mexanizmini aniqlash, transport vositasini texnik xolatini tekshirish, yo‘llarning xolatini tadqiqot qilish, yo’l belgilari va yo‘l chiziqlari, yo‘l transport hodisasi joyida yo‘l sharoiti va xolati, bevosita yo‘l transport hodisasidan oldin yo‘l sharoiti va vaziyati, yo‘l transport hodisasi vaqtidagi yo‘l sharoiti va boshqa yo‘l transport hodisasiga olib keluvchi sharoitlar va vaziyatlar kiradi

           Sud avtotexnika ekspertizasida yechiladigan savollar

  • Tormoz izlari bo‘yicha transport vositalarini xarakat tezligini aniqlash
  • To‘qnashuv va piyodani urib yuborish bilan bog‘lik YTXlarda xaydovchi xavf yoki  to‘siqqa  nisbatan  tormoz berish yoki aylanib o‘tish yo‘li bilan xodisani oldini texnik imkoniyatini aniqlash
  • Oldindagi ko‘rinish bo‘yicha va yo‘lning burilish joylarida burilish radiusiga qarab  xavfsiz tezlikni aniqlash
  • Transport vositalarini tezliklariga qarab xavfsiz oraliq masofasini (distansiyani) aniqlash
  • Transport vositalarini to‘xtatish masofasini aniqlash
  • Transport vositalarini voqea joyidan bo‘lgan uzoqlik masofasi
  • Amaldagi YXQga ko‘ra xaydovchilarning qanday xarakatlanishi lozimligi

 

  Iqboljon Qurbonov

  X.Sulaymonova nomidagi RSEMning

  Namangan viloyat bo‘limi davlat sud eksperti

Skip to content