Ekspertlar xasharda ishtirok etishdi!

Bugun mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tdi. Aytib o’tish joizki umumxalq xayriya hashari xalqimizning asrdan asrga o’tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biridir.

Yurtimizning ko’cha va xiyobonlari xalq tashabbuskorligi bilan tartibga keltirilib, qadamjoylarimiz obodonlashtirildi.

Ushbu xayriya hasharida X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari hamda Markazning viloyat bo’limlari ham faol ishtirok etishdi.

Markaz binosi va viloyat bo’limlari binolari tozalanib, obodonlashtirildi.

Hashar insonlarni birlashtiruvchi, ularda mehr-oqibat, odamiylik kabi hislatlarni tarbiyalovchi tadbirdir.

Skip to content