Transport-baholash ekspertizasi bo‘yicha mutaxasis fikri berish!

O‘zbekiton Respublikasida amalga oshirilayotgan va jamiyatning barcha sohalarini to‘liq qamrab olgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarining ximoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni saqlashga qaratilgan. Ma’lumki amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar mamlakatning chinakam rivoji, axoli turmush darajasining yuksalib borishi, axoli yalpi daromadlarining o‘sishi, axolining mulkka ega bo‘lishi, davlat boshqaruvida fuqarolarning faolligi, axoli huquqiy ongi va madanyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati hamda bevosita ularning faoliyatida jamoatchilik nazorati kabi ko‘plab ijobiy ko‘rinishlarda nomoyon bo‘lmoqda.

Yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biri jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdir. Qayd etilgan ustuvor vazifani bajarish huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funksiyasini tashkil etadi. Zero, fan-texnika yutuqlarini huquqni muxofaza qilish organlari va sud faoliyatiga keng tadbiq etish ishlarining yuritish sifatini oshiradi, jinoyat ishiga oid dalillarni o‘z vaqtida qo‘lga kiritish, jinoyat sodir etgan shaxslarni tezda aniqlash va fosh etish orqali jinoyat protsessi vazifalarini samarali bajarilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ekspertiza bugungi kunda surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmokda. Turli jinoyat, fuqarolik va ma’muriy ishlarda shaxs, fuqaro, davlat va xo‘jalik faoliyatlarini yurituvchi korxonalarning qonun manfaatlari umume’tirof etilgan normalar asosida ximoya qilinishida, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud ekspertizasi ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudlar oldida turgan vazifalarni xal qilishda fan, texnika, madaniyat, va xunar soxasidagi maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni xal qilishda sud ekspertizasi muhim rol o‘ynaydi.Ular o‘z faoliyatlarida xar-xil jinoyatlari tezkorlik bilan fosh etish, xolisona tergov qilish va sudda ko‘rish hamda nizolarni xal qilish jarayonida sud ekspertizasi imkoniyatlarida keng foydalaniladi. Chunki sud ekspertizasi maxsus bilimlarga asoslangan ish bo‘yicha xaqiqiy xolatni aniqlashga qaratilgan asosiy protsessual xarakatdir.

Hususan transport baholash ekspertizasi ham avtotransport vositalarini baholash  bo‘yicha sud huquq organlariga ko‘mak berib kelmoqda.

Mamlakatimiz o‘zining transport sanoatiga erishganidan so‘ng shahrimiz ko‘chalarida transport vositalarining soni yildan yilga ortib bormoqda. Shu bilan birga afsuski yo‘l transport xodisalari soni xam ortib bormoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasini xal qilishda huquqiy mexanizmlar sezilarli o‘rin egallaydi. Yo‘l transport xodisasida transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorlarini aniqlashda transport-baholash ekspertizasi muhim omil vazifasini o‘taydi.

Hozirgi kunda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Namangan viloyat bo‘limi tomonidan sud huquq organlarining qaror va ajrimlariga aosan ekspertiza xulosalari berish bilan bir qatorda fuqarolarning yozma arizasiga asosan xam transport-baxolash ekspertizasi bo‘yicha mutaxasis fikrlari berib borilmoqda.Transport-baholash ekspertizasi bo‘yicha mutaxasis fikri olishda fuqarolardan quyidagi  xujjatlar talab etiladi:

1.Ekspertiza muassasasi raxbari nomiga ariza

2.Transport vositasining qayd etish guvoxnomasi

3.Ekspertiza to‘lovi pattasi

  1. Baholanayotgan transport vositasi (kaliti va davlat raqami bilan)

 

Transport-baholash ekspertizasida quyidagi masalalar bo‘yicha mutaxasis fikrlari berilishi mumkin:

 

  • avto-moto transport vositalarining ta’mirlash ishlarining qiymatini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalarining bahosini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalarining extiyot qismlarini narxini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalarining tovar qiymatini yo‘qotish miqdorini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalarining eskirish qiymatini aniqlash;
  • avto-moto transport vositalarining tiklanish qiymatini aniqlash

 

Bozor munosabatlari shakillanishi va rivojlanib borishining xozirgi davrida ekspertiza tajribasida avtotransport vositalarini bahosini aniqlash sarf-xarajatlar uslubi, taqqoslash uslubi va daromod uslublari bo‘yicha aniqlanmoqda.

 

  Iqboljon Qurbonov

  X.Sulaymonova nomidagi RSEMning

  Namangan viloyat bo‘limi davlat sud eksperti

Skip to content