Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutiga direktor tayinlandi!
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida yangi tayinlov.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Qolqanov Nuriddin Tashpulatovich X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
N.Qolqanov 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2000-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
N.Qolqanov 2015- yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni egallagan.
Qolqanov Nuriddin 2018-yilda falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvoniga ega. Bugungi kunda doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, 1 ta o‘quv qo‘llanma va monografiya, 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.
2021-yildan bugungi kunga qadar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi jamoasi Qolqanov Nuriddin Tashpulatovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.