Ekspertlar sertifikatga ega bo`lishdi!

✅Yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti hamda bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi ZOOM dasturi orqali “ILMIY TADQIQOTLAR SAMMITI” (Scientific research summit) bo’lib o’tdi.

Ushbu Sammitda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasining katta eksperti B.Axmedov va laboratoriya eksperti X.Maxamatxo‘jaevlar o‘zlarining “Degradatsiyaga uchragan Odam suyaklaridan DNK namunasini AutoMate Express Forensic DNA Extraction System yarim avtomat robotidan foydalanib ajratish uslubi aprobatsiyasi” nomli maqolalari bilan faol ishtirok etib maxsus sertifikatga ega bo’lishdi.

Skip to content