Advokatlarga ma’ruza o’qildi!

✅Joriy yilning 1-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari, advokatlar guruhi uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

✅O`quv seminarida tinglovchilarga Markaz faoliyati va unda o‘tkaziladigan ekspertizalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek Markazning Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyalari faoliyati yaqindan tanishtirildi.

✅Seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ekspertlar tomonidan javoblar olishdi.