Markazning 2021 yil III va IV-choraklarga mo‘ljallangan ish rejasida, “Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari, hal etiladigan vazifalari, ekspertiza tayinlash tartibi va qoidalari” hamda “Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarni yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazish mo‘ljallangan.
Shu munosabat bilan 2021-yil 29-noyabr kuni Markazning Yong’in texnika ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ning xodimlari bilan ilmiy-amaliy seminar targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminarni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik J.Abramatov ochib berdi.
Seminarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Yong‘in texnik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Ya.K.Rustemov, yetakchi ekspert X.Yunusovlarning “Sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari, hal etiladigan vazifalari, ekspertiza tayinlash tartibi va qoidalari” hamda “Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarni yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi.
Mavzuga oid savol-javoblar bo‘ldi.