Yong‘in – nazorat qilib bo‘lmaydigan, insonlarning hayoti va sog‘ligiga havf soluvchi, ularning mol-mulkiga zarar yetkazadigan hodisa hisoblanadi.
Yong‘in xodisasi – yong‘in sodir bo‘lgan joyda ja’miyki narsalarga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. U nafaqat moddiy, ba’zida insonlarning kuyishiga, o‘limiga sabab bo‘ladi va ma’naviy zarar keltiradi. Shu hisobdan, bu xodisa insonning yashashi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan barcha mavjudliklarga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Bunda, yong‘in sodir joyda alanganing harorati 1200-1400 °S gacha yetadi va uning energiyasi va ta’sir davomiyligi shunchaliq uzoq-ki, olov har qanday – suyuq va qattiq yonilg‘ini alangalatib yuborishi, qiyin yonuvchi modda va materiallarni yonishini ta’minlashi mumkin.
Yong‘inni yuzaga kelishi uchun uchta omil lozim bo‘ladi, ya’ni uni uchburchak shaklida faraz qilamiz. Shulardan; yonuvchi maxsulot(goryuchee veщestvo), xavo (kislorod vozduxa), yondiruvchi maxsulot(istochnik zajiganie).
Shu uchburchakning bir uch kismini, ya’ni uchta omildan birini olib tashlansa, yong‘in yuzaga kelmaydi yoki yong‘in yuzaga kelganda ushbu uchburchakdan birini olib tashlanishi zarur bo‘ladi.
Yong‘in texnikaviy ekspertining oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri, bu yong‘inning o‘chog‘i(markazi), uni tarqalish yo‘nalishlarini, ushbu yong‘inni kelib chiqishiga elektr va gaz moslama, asbob-uskunalarning nosozliklarini aloqasi bo‘lgan-bo‘lmaganligi, yong‘inni kelib chikish sabablari hamda ushbu yong‘inlarni oldini olish maqsadida profilaktikaviy tavsiyanomalar berishdan iborat.
Yong‘in sodir bo‘lgan yong‘in ob’ektini ekspert tomonidan o‘rganish, ya’ni tadqiqot o‘tkazish jarayonida avvalo yong‘in ob’ektini to‘liq, sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib chiqiladi. Ushbu ko‘zdan kechirish jarayonida fotorasmlarga, videotasvirlarga oladi va ushbu xodisa ob’ektining o‘lchamlari, shartli belgilari, reja, sxemalarni va ko‘zdan kechirish jarayonida. Hodisa joyidagi alomatlarni belgilanib(fiksatsiya), xodisa sodir bo‘lgan joydagi chuqur yonish, devor suvoqlarini o‘pirilish xolatlari, yong‘inni yuqori xaroratidan oqish tusga kirib qolish, yog‘och konstruksiyalarni ko‘proq zararlanish alomatlari, temir konstruksiyasini yuqori xaroratidan deformatsiyalanish alomatlari aniqlaydi hamda ushbu sodir bo‘lgan yong‘inning tarqalish yo‘nalishlarini aniqlanadi.
Yong‘in joyidagi barcha xolatlar o‘rganib chiqilib, yong‘inga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganib chiqiladi va hodisa sodir bo‘lgan joydan sud kimyoviy ekspertizasiga yong‘in qoldiqlari(yog‘och, shisha, temir bo‘laqlari, kul qoldiqlari), yong‘in texnikaviy ekspertizasiga zarur bo‘lgan ashyoviy yong‘inni birlamchi boshlanish nuqtasini aniqlaydi.
dalillar(elekt o‘tkazgich(sim) elektr uskuna, elektr qurilma, moslamalar) olinib, ularni xolislar ishtirokida maxsus paketlarga qadoqlanishi, olingan joyni chizmada belgilab ketiladi.
Shuningdek, xodisa sodir bo‘lgan joydagi birlamchi yong‘inning alomatlarini ko‘rgan guvox va xolislarning xolat yuzasidan bergan vajlari o‘rganib chiqilib, ekspertizaga doir bo‘lgan xolatlar yuzasidan qo‘shimcha savollar orqali, tushuntirishlar oladi.
Mazkur xodisa ob’ektidagi elektr tarmog‘i va gaz moslamalari ko‘zdan kechirilib, ushbu yong‘inga aloqasi bo‘lgan-bo‘lmaganligi aniqlash maqsadida mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq o‘rganib chiqiladi va xolat yuzasidan mutaxassislarning xulosalari olinadi.
Barcha o‘tkazilgan tadqiqotlarni xujjatlarda rasmiylashtirilib, zarur bo‘lgan qo‘shimcha xujjatlarni va hodisa ob’ektdagi olingan ashyoviy dalillarni Markazning uskunalarida tadqiqotlarni o‘tkazilishi uchun taqdim etilishi so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi
markazi Davlat sud katta eksperti
A.G.Asilbekov