Qarshi davlat universitetining Pedagogika fakulteti talabalari bilan “Konstitutsiya yoshlar huquqiy madaniyati shakllanishi mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini olib borgan N.Qolqanov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari berilgan. Har bir fuqaro, eng avvalo, Konstitutsiyani yaxshi bilishi, undagi normalarni o‘rganishi, o‘zining huquqi, burchi va majburiyatlarini to‘la anglashi va ularni hayotda qo‘llay olishi kerak. Shuningdek, huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi va huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushunilishi tushuntirildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Sulaymonova nomidagi RSEM eksperti N. Qolqanov