Bahstalab matnni lingvistik tadqiqoti

Hozirgi zamonaviy axborot-almashinuvi jarayonlari kuchaygan bir davrda, Sud lingvistika ekspertizasi, tadqiqotlarning talab qilinayotgan yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur ekspertiza turi nutq tajovuzi, og‘zaki yoki yozma nutq bezoriligi, nutq orqali inson sha’ni, qadr-qimmatini va qonun bilan himoyalangan obro‘siga tajovuz qilish hollari mavjud yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida tayinlanadi.

Barchaning qonun oldida tengligi va har kimning dastlabki aybsizligi belgilangan sud tizimida, sudlarning vazifasi ayblov va himoyaning dalillar tizimini o‘rganish, ishning holatlarini to‘liq, har tomonlama ko‘rib chiqishdan va bu orqali asosli, xolisona hukm chiqarishdan iborat. Mazkur jarayonga aniqlik kirituvchi va asosli dalillarni jamlovchi ishni amalga oshiruvchi surishtiruvchi, tergovchi yoki himoyachilarning mashaqqatli mehnati kabi ekspertlik tadqiqotlarining ham muhim o‘rni mavjud. Chunki ekspertiza maxsus turdagi dalil sifatida baholanadi. Ekspert ekspertlik tadqiqotlarini shunday tashkil qilishi lozim-ki, unda aks etgan dalillar, xulosalarning asoslanganligi, xulosaning to‘g‘riligiga shubha bo‘lmasligi zarur. Bu esa lingvistik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘z sohasida bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etilishini anglatadi.

Bahstalab matnni lingvistik tadqiqoti obro‘-e’tibor, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish masalalari bo‘yicha nutqiy tuzilmalarni tegishli tahlil qilish uchun zarurdir. Ushbu tahlillar tuhmat, bo‘hton, haqorat kabi holatlar aniqlanishida ham muhimdir. Ekspertlik tadqiqotlar orqali holatni baholash ixtiyoriy moddiy axborot tashuvchida qayd etilgan til va nutq birligi, og‘zaki, yozma, elektron mantlarni, ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha nutq tuzilmalarining tegishli tahlilini o‘z ichiga oladi.

Sud-lingvistika ekspertizasining predmeti bu aniq bir ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holat va sharoitlarni, lingvistika sohasi bo‘yicha maxsus bilimlar qo‘llagan holda aniqlanishidir.

Sud lingvistika ekspertizasi ekspertlarining vazifalariga so‘zlar, so‘z birikmalari, barqaror frazeologik birikmalar, fikr-mulohazalar ma’nosi va kelib chiqishini talqin qilish; til yoki nutq birligining asosiy hamda qo‘shimcha ma’nosini sharhlash yoki izohlash kabilar taalluqli.

Sud lingvistika ekspertizasi bu sudyani u yoki bu ish bo‘yicha to‘plangan materiallarning tahliliy tadqiqi asosida ishontirish vositasi. Ushbu vositaning ishonchliligi, birinchi navbatda, uning asosliligiga bog‘liq, shuningdek, ushbu dalillarni sudda taqdim etish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, bu haqiqatni aniqlash va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

X.Sulaymonova nomidagi  HKE laboratoriyasi eksperti
N.Nishanova

 

Skip to content