Yangiliklar

Markazda media tur o‘tkazildi

Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika cud ekspertizasi markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha MEDIA TUR va MATBUOT ANJUMANI bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Adliya vazirligi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

OAV vakillari uchun Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosida Mediatur tashkil etilib, Markaz Devonxonasi, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Odam DNKsi va sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi bilan yaqindan tanishtirilib, ishtirokchilar sud-ekspertiza faoliyatiga oid barcha savollariga davlat sud ekspertlari tomonidan javob oldilar.

Ushbu tadbirda Markaz faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar xususida Markaz direktori A.Xalilov keng jamoatchilikka axborot berdi.

Matbuot anjumanida “Davlat dasturidagi 24-band mazmuni va Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar” bo‘yicha Adliya vazirligining bosh maslahatchisi M.Bozorov ma’lumot berdi.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .