Ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Kolkanov Nuriddin

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 153

 

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi) Ilmiy-tadqiqot bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda nizom deb yuritiladi) Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 25 noyabrdagi 237-um-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

 Bo‘lim Markaz direktorining ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.

Quyidagilar bo‘limning vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizaning yangi turlarini, yangi uslubiyotlarni boqichma-bosqich amaliyotga tadbiq etish choralarini ko‘rish;

Markazning mavjud uslubiyotlarini tanqidiy ko‘rib chiqish orqali xalqaro talablarni hisobga olgan holda qayta ishlab chiqish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashishni amalga oshirish;

sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalarni tayyorlash;

fan va ta’lim muassasalari bilan aloqani kuchaytirish;

bo‘lim ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlarini ijrosini ta’minlash va rahbariyatga tahliliy ma’lumotlar kiritib borish;

Markazning ish rejalarini tuzishda ishtirok etish, ularning ijrosini ta’minlash;

Markaz Ilmiy kengashining majlislari va rahbariyat huzurida o‘tkaziladigan tezkor majlislarda qatnashish;

bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan statistik hisobotlarni tayyorlash;

bo‘limda ijro intizomiga rioya qilinishini va ijro intizomini mustahkamlash masalasida rahbariyatga takliflar kiritish;

Markazning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar sohasida laboratoriyalar va bo‘limlar tomonidan olib boriladigan ilmiy faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

Ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Markaz ilmiy faoliyatining birinchi va ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejalarini ishlab chiqish va natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;

Markazning laboratoriya va bo‘limlari, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mustaqil ravishda izlanishlar olib borish.

Markazning laboratoriya va bo‘limlari bilan birgalikda ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, uchrashuvlar, boshqa ilmiy tadbirlar tashkil etish;

Markazning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining ilg‘or ilmiy malakalarini tashkil qilishda Markaz laboratoriyalari va bo‘limlariga amaliy yordam berish;

Markaz oldida turgan ilmiy faoliyat va o‘quv jarayoni sohasidagi vazifalarni samarali bajarish uchun ilmiy ma’lumotlar tayyorlash va tarqatishni tashkil etish;

Markazni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash, ilmiy-pedagogik faoliyatni boshqarish va Markazning ilmiy salohiyatidan oqilona foydalanish uchun Markaz rahbariyatiga doimiy ravishda ma’lumotlar taqdim etib borish;

xalqaro ilmiy aloqalarda ishtirok etish;

direktor, direktor o‘rinbosarining topshiriqlari, buyruqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;

Markazda ish yuritishni tashkil etishga ko‘maklashish, ijro intizomiga rioya qilish, bo‘limda uslubiy ishlarni amalga oshirish hamda tartibga solishga qaratilgan hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish;

bo‘limda mehnat va ijro intizomi ustidan nazoratni olib borish;

Markazning normativ hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.

Skip to content