Tovarshunoslik bilimlarni qo‘llash sohasida sud-tergov organlarning o‘sib borayotgan talablari tufayli, oziq-ovqatlarni kompleks ravishda tadqiq qilishni va ularni baholashni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida o‘tkazilayotgan sud-tovarshunoslik ekspertizalarining ekspertlik amaliyotiga joriy etish zaruriyati vujudga keltirdi.
Tovarshunoslikda bayon etilgan nazariy va metodik asoslar, obyektning iste’mollik (tovar) hususiyatlarini aniqlash maqsadida uni holatini o‘rganishni, shuningdek tovar saqlangan, ularning hususiyatlari atrof muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi tufayli o‘zgarishiga olib kelgan aniq sharoitlarni tadqiq qilishni nazarda tutadilar.
Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu – obyektning maqsadiga muvofiq ma’lum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shart qiladigan hususiyatlari majmuini tadqiq qilishdir.
Mahsulotni identifikatsiyalash, mahsulot tavsiflarini uning asosiy belgilariga (assortiment, sifat, miqdor va boshqalar) mosligini hamda ularni tovarning obyektiv iste’mol qiymatiga bo‘lgan ta’sirini aniqlash – ekspertizaning eng muhim bosqichidir.
Identifikatsiyalash, aniq bir mahsulotga yoki uning markirovkada, hamroh hujjatida, yetkazib berish shartnomalarda, standartlarda va boshqalarda ko‘rsatilgan tasnifiga mosligini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan belgilar, ko‘rsatkichlar va talablar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda, oziq-ovqat tovarlarni baholashda ikki ta yondashuv mavjud. Xususan, qiyosiy yondashuvi va xarajat yondashuvi yondashuvlari.
Shuningdek, baholash jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- Baholanayotgan obyektlarni va holatni umumiy ko‘rikdan o‘tkazish va ta’riflash, hususiyatlarini aniqlash, shu bilan birga ekspertizani tayinlagan shaxs, qonunchilikka asosan, tadqiqot obyektini ko‘rigini tashkil qilishi va ishtirok etishi, ekspertni obyektlarga kirishni ta’minlashi lozim. Baholash obyektlarini ko‘rikdan o‘tkazilishining maqsadi – ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini o‘rganish, taqdim etilgan hamroh hujjatlar va markirovkaga mosligi/mos bo‘lmaganligini aniqlash.
- Tadqiqot obyektlarini haqiqiy holati haqida ko‘rik natijasida olingan natijalarni o‘rganish;
- Baholash obyektlarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan birlamchi hujjatlarga mos kelmasligini, hamda birlamchi hujjatlarda ko‘rsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi;
- Baholanayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar bozorini va ulardagi narxlarni tadqiq qilish:
4.1 Baholash jarayoni baholash obyekti va/yoki uning analoglari haqidagi bozor ma’lumotlaridan foydalanishni talab qilgan taqdirda, ekspert baholash obyekti bozorini tahlil qiladi va o‘xshash obyektlarning (bir xil, yoki taxminiy analoglar) narxlari (takliflari) haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib oladi.
4.2 Ma’lumotlar yig’ilganida, analog obyektlar haqidagi ma’lumot ustunlikka ega bo‘ladi. Shu bilan birga shunday shartlarga rioya qilish lozimki, import tovariga bo‘lgan yuklangan xarajatlarni (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, transport xarajatlari, boshqa xarajatlar) hisoblashga bo‘lgan obyektiv yondashish maqsadida baholash obyekti va analoglar o‘zini ishlab chiqaruvchi mamlakati bo‘yicha bir biriga mos bo‘lishi lozim.
4.3 Agarda obyektlarning boshqa parametrlari va tasniflari baholash obyekti uchun narxni yaratuvchi omillari bo‘lgan taqdirda, obyektlarning bunday parametrlarini va tasniflarini o‘rganish majburiydir.
4.4 Baholash obyektining analoglari haqidagi ma’lumotlarni analoglarni tanlash elementlarining talablarini inobatga olgan holda yig‘ish lozim.
4.5 Baholash obyekti aniq bir savdo belgisi ostidagi ishlab chiqarish tovari bo‘lgan taqdirda, o‘xshash obyektni tanlashda ekspert e’tiborini baholash obyektining savdo belgisiga qaratishi lozim.
4.6 Ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish jarayoni bilan birga baholash identifikatsiya qilinadi va bu narsa ekspert xulosasida aks ettiriladi.
Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor kon’yunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chiqib yaratiladi.
Bozor narxi bu – ixtiyoriy haridor va ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasida tuzilgan tijorat bitim natijasida baholash kuniga bo‘lgan mulkni qo‘ldan qo‘lga taxmin qilinayotgan o‘tish uchun to‘lanadigan pul mablag‘laridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, ya’ni talab, taklif, o‘rnini bosish, mos kelishidir. Ya’ni, bozor narxi, bozorda amalda bo‘lgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni o‘zgarishining kutilayotgan tendensiyasini aks ettiradi.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi katta eksperti M.Nizomov