Sud yong‘in texnikavi ekspetrizasida hal etiladigan masalalar va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladgan ob’ektlarni yig‘ish

Yongin xodisasi – yongin sodir bulgan joyda ja’miyki narsalarga o‘zining termik ta’sirini ko‘rsatadi. U nafaqat moddiy, ba’zida insonlarning  kuyishiga, bevaqt o‘limiga sabab bo‘ladi va ma’naviy zarar keltiradi. Shu xisobdan, bu xodisa insonning yashashi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan barcha mavjudliklarga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Yong’in-texnik ekspertiza eng murakkab va baxs-munozarali tadqiqotlardan biridir, chunki uning yordami bilan ba’zan ekspertiza tayinlanishidan ancha oldin sodir bo’lgan faktlarni aniqlash kerak. Yong’in ekspertizasini o’tkazishda ekspert guvohlarning, o’t o’chiruvchilarning tushuntirishlarini, yong’in dalolatnomasini, voqea joyini ko’zdan kechirish bayonnomasini, yong’in joyining chizmalarini o’rganadi. Lekin tadqiqotning asosiy ob’yekti zarar ko’rgan ob’yekt hisoblanadi ya’ni yongan uy, hammom, garaj, kvartira, ofis yoki omborxona, xona, bino, shuningdek, transport vositasi va boshqalar bo’lishi mumkin bo’lgan. Yong’inlarni tekshirishda, eng muhimi, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashda voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish muhim rol o’ynaydi.

Tadqiqot o’tkazishda ekspert sud, tergov va surishtiruv tomonidan taqdim etilgan materiallarga ham asoslanadi, ularni tahlil qilish paytida ekspert yong’inning texnik sabablarining ekspertlik versiyalarini ilgari surishi yoki rad etishi mumkin. Shu sababli, ekspertiza xulosalarining to’liq va har tomonlama bo’lish uchun ekspertga tadqiqot uchun bir-biriga zid bo’lmagan va ekspertni chalg’itmaydigan eng haqiqiy ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Sud yong‘in texnikaviy ekspertizasini o‘tkazishda asosan, vizual tadqiqot usuli, mikroskopik tadqiqt usuli va Rentgen tadqiqot usullari qo‘llaniladi.

Sud-yong‘in-texnikaviy ekspertizasi, sodir bo‘layotgan  yong‘inlarning kelib chiqish sabablari turlicha ekanligini, ular asosan uchga bo‘linishini ta’kidlaydi. Bular: extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlar, qasddan sodir etiladigan yong‘inlar va kuchli tabiat xodisalari oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlardir. Yong’in texnik eskpertizasi amaliyotida asosan, extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlar va qasddan sodir etilgan yong‘inlar ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi.

Extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘layotgan yong‘inlar jumlasiga, elektr uskunalari va gaz moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish,  elektr va gaz nosoz moslamalardan foydalanish, isitish tizimi moslamalaridan notug‘ri foydalanish, payvandlash ishlarini yong‘in qoidalariga rioya qilinmasdan olib borilishi, yong‘in yuklamalari yuqori darajada bo‘lgan man etilgan joylar (xar-xil omborxonalar, paxta yoki kip skirdlari, zavod, fabrika, ma’muriy binolar, yonilg‘i quyish va saqlash joylari va boshkalar)da, chekish yoki yongin manbalaridan noo‘rin foydalanish, bolalar sho‘xligi, o‘z-o‘zidan yonuvchi maxsulotlarning saqlash qoidalarining buzilishi kabi yong‘inlardir. Bunday, yong‘inlarni tekshirishda surishtiruv, tergov organlari xodimlaridan, ekspertdan yukori saviya, bunda nafakat mutaxassisligi bo‘yicha bilim, balki turli muxandislik-texnikaviy, kimyoviy va boshka bilimlarni bilishi talab etiladi.

Yong‘inning sababini aniqlashda birinchi navbatda uning boshlangan joyi ya’ni yong‘inning (o‘chogi) markazi aniqlanib olinishi zarur. Yong‘inning o‘chogi inshoat ichida joylashgai qurilish konstruksiyalar, asbob-uskunalar va materiallarga yong‘inning ta’siri oqibatlarini o‘rganish orqali aniqlanadi.

Ushbu xolatni aniqlash uchun ekspertga uning tadqiqoti uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi, shuningdek, ishni olib borayotgan organ tomonidan ekspertiza uchun zarur ma’lumotlar mukammal to‘planib, taqdim etilishi zarur. Yong‘in sodir bulgan joyning ekspert tomonidan ko‘zdan kechirilishi yoki vokea joyi tushirilgan videotasvirni taqdim qilinishi, yong‘in bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar bilan tanishishi ekspertning tug‘ri xulosaga kelishga imkoniyat yaratadi.

Ekspert o‘zining o‘tkazayotgan tadqiqoti jarayonida, yong‘inni kelib chiqish sababining aniqlash uchun uning extimollik tomonlarini o‘rganib, xuquqiy baho bermagan holda, elektr tarmoqlari, gaz tizimi, o‘z-o‘zidan yonish, tabiat xodisalari, yengil yonuvchi suyuliklar, neft maxsulotlarining birma-bir yong‘inga aloqasi bor yoki yo‘qligini aniqlash uslubi orqali aniqlaydi. Xulosa qilib aytganda, xolisona tuzilgan ekspertiza xulosasi, yurtimizda odil sudni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

Buxoro viloyat bo’limi yong’in texnikaviy eskperti A.M.Jabborov