Sud qurilish texnik ekspertizasini tayinlash

Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi turar va noturar bino inshoatlarni baholash, turar va noturar binolarni  bo‘lish yoki foydalanish tartibini belgilash, ko‘p qavatli turar joy binolarida joylashgan xonadonlarda sodir bo‘lgan suv toshqini sabablarini  aniqlash, suv toshqinidan so‘ng ta’mirlash tiklash ishlari uchun tuzilgan smeta hujjatlarini asosligini aniqlash, qurilish ob’ektida baajarilgan ta’mirlash rekonsruksiya ishlari yuzasidan o‘tkazilgan nazorat o‘lchovlarini asosligini tekshirish, turar va noturar binolarni ShNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) normalariga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash, turar va norutar binolarda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun tuzilgan smeta-loyiha hujjatlarni ilmiy asoslanganligini aniqlash, portlashlar sodir bo‘lgan avariya holatlatlarini aniqlash kabi maslalarini yechib kelinmoqda.

Sud qurilish va sud yer ekspertizalarini o‘tkazish uchun asos-tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini o‘tkazish uchun asoslaridan hisoblanadi.

Sud qurilish va sud yer ekspertizalarini o‘tkazish uchun tergov organlari bilan birgalikda sudlardan, shu jumladan fuqarolik sudlaridan ham ko‘plab ajrimlar kelib, ushbu ajrimlar ijrosi yuzasidan sud qurilish texnikaviy ekspertiza tadqiqotlari olib borilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan asosan qurilish obyektining shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi; qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi; turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino (bino qismlari) hisob usuli bilan bozor narxini aniqlash; baholovchi tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektini baholash yuzasidan tuzilgan hisobotlarni mulkni baholashning yagona standartiga va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga mos kelish yoki kelmasligini; binolarning cho‘kishi, namlanishi, ishlarni noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida bino va inshootlarning (konstruksiya yoki elementlarini) qulashi, suv toshishi, pardozlash ishlarining shikastlanishi hamda ish jarayonida baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlash kabi savollar asosida tadqiqotlar olib boriladi fan, san’at, texnika kabi qator sohalar bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan ekspertlarning xulosasi beriladi.

Xususan, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi muhandis-texnikaviy ekspertizaning turlaridan biri hisoblanadi. Loyihalash, qurilish, bino va inshootlardan foydalanish, baholash bo‘yicha bilimlar mazkur tekshiruv ilmiy asoslarining poydevoridir.

Binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smeta va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalar sud qurilish-texnikaviy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, sud qurilish–texnikaviy ekspertizasi hal etadigan asosiy vazifalarga sirasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin:

turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarning qurilish, shaharsozlik, texnikaviy ekspluatatsiya me’yor va qoidalari talablariga javob berish yoki bermasligini;

qurilish obyektlari va bajarilgan ishlarning narxini;

qurilish obyektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablarini;

qurilgan yoki qayta qurilgan binoni, bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini loyihaga to‘g‘ri kelish-kelmasligini;

ko‘chmas mulk ob’ektini qayta tuzish imkoniyatlarini (turar joylardan foydalanish va bo‘lish);

turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino-inshootlarning me’yoriy hujjjatlar asosida hisob usuli bilan bozor narxini aniqlash;

yer ta’mirlash-qurilish va qurilish ishlari smeta hujjatlarining asosli yoki asossizligini aniqlash;

maydonlarini, yerdan foydalanish huquqini qiymatini baholash;

Bu kabi masalalarni hal etish jarayonida dalillarga baho berish, protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillar aloqadorligi va maqbulligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Muayyan bir ishni ko‘rishda ekspertiza tayinlash va uni o‘tkazish, ekspertning xulosasiga huquqiy baho berish va uni dalillar majmui tariqasida ishga dahldorligini aniqlash sudyalardan mas’uliyatni talab qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limida sud qurilish texnikaviy va sud-yershunoslik ekspertiza turlari bo‘yicha 2014-yildan boshlab tadqiqotlar olib borilib, sud-tergov organlari uchun xulosalar berilmoqda.

X. Sulaymonova nomidagi Respublik sud ekspertizasi markazining
Surxondaryo viloyat bo‘limi katta eksperti
Sh.Sh.Shaymanov

Skip to content