1. Bugungi kunda X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida qaysi ekspertiza turlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda?
Javob: X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida bugungi kunda sud-qurilish, sud-yer, sud-iqtisodiy, sud-avtotexnika, sud-transport baholash, sud-transport izshunoslik, sud-lingvistika va filologiya ekspertiza turlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib kelinmoqda.
2.X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida sud–lingvistika va filologiya ekspertiza turi qachon tashkil etilgan?
Javob: X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida 2024-yil 19-sentabr kunidan sud-lingvistika va filologiya ekspertizasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
3.Sud-lingvistika va filologiya ekspertizasi o‘zi nima va u qanday vazifalarni bajaradi.?
Javob: Sud-lingvistika va filologiya ekspertizasi inson sha’ni va qard-qimmatini obro‘sizlantirilishi, haqoratlanishiyoki kamsitilishi holatlarini mavjudligini aniqlash,shuningdek matinlarning muallifini aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.
4.“Sud ekspertizasi to‘g‘risidag”gi qonunda belgilangan sud ekspertlarining majburiyatlariga 2024 yil 26-avgustdagi 945-sonli qonun bilan qo‘shilgan qo‘shimcha majburyat nima
Javob: “Tekshirishlarni o‘tkazishda sud ekspertining xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga, shuningdek tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi” qo‘shimcha tarzda kiritildi.
5.Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Javob:“O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravariga chamiqdorda jarima solish” hamda “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining 144-moddasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatishishlari bilan jazolanadi.
6.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati hamda anonim murojaatlar asosida mutaxassis fikri berish tartibining huquqiy asosi!
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF6256-sonli“Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining 7-bandiga asosan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha ekspertlar tamonidan tadqiqotlar o‘tkazilib mutaxasiss fikri berish” tartibi belgilab qo‘yilgan.Vazirlar Mahkamasinig 2023-yildagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom”ga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati hamda advokat so‘roviga ko‘ra shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish belgilab o‘tilgan. Mazkur nizomga ko‘ra Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning viloyat bo‘limlarida mavjud barcha ekspertiza turlari bo‘yicha fuqarolarning o‘zlari murojaat qilib tegishli ixtisoslik doirasida mutaxassis fikri olishi mumkunligi.tasdiqlangan.
7.Sud-lingvistika va filologiya ekspertizasiga tadqiqotlar o‘tkazish uchun qanday obyektlar taqdim etilishi kerak?
Tadqiqot o‘tkazish va tekshirish uchun taqdim etilgan barcha tekshiriluvchi materiallar, ya’ni disklar, skrinshotlar, audio va videoyozuvlar, kitoblar, plakatlar, varaqalar, gazetalar, audio va videolar stenogrammalari, telefonlar, fleshkalar, kompyuterlar, noutbuklar tadqiqot obyektlari hisoblanadi. Tadqiqotlar esa disklar ichidagi video va audiolar, skrinshotlar, varaqalar, kitoblar, kompyuter ichidagi papkalar va fayllar, fotosuratlar, tekshiriluvchi yozma va og‘zaki materiallardagi audio va videolar stenogrammalarininghar bir so‘zi ustida ekspertiza olib boriladi.
8.Sud-lingvistika va filologiya ekspertizasi tadqiqot qilish uslublari?
matn tahlili (kontent analiz), qiyosiy-tizimli tahlil, matnning leksik-semantik tarkibini tadqiqot qilish uslublari, ekspressiv baholash tahlili, nutqning kommunikativ tahlil uslublaridan iborat.
9.Ko‘pchilikni qiziqtirgan savollardan biri – Sud-lingvistika va filologiya ekspertizasi tadqiqotlarining bugungi kundagi narxi qancha?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonovanomidagi Respublika sud ekspertiza markazida o‘tkaziladigan ekspertizatadqiqotlari uchun haq miqdorlari bazaviy hisoblash miqdoriga nisbattanbelgilangan. Shunga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan Markazda o‘tkaziladigantadqiqotlar uchun haq miqdorlari yangi tahrirda tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan tariflarga ko’ra,tadqiqotlarning umumiy narxi taqdim qilingan obyektlar soniga hamda hal etish uchun qo‘yilgan savollar soniga bog‘liq holda har xil summada bo‘lishi mumkin.Sud-lingvistika va filologiya tadqiqotlarinarxi: oddiydiagnostik tadqiqotlar1 162 500, o‘rta diagnostik tadqiqotlar 2 625 000 murakkab diagnostik tadqiqotlar4 087 500 miqdorda belgilangan.
10.Sud-lingvistika va filologiya ekspertiza tadqiqotlarning yakuniy natijasi bo‘lgan ekspert xulosasini olish uchun qancha vaqt talab etiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2023-yildagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom”ning 8-bandiga ko‘ra “Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni oʻtkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga koʻra 30 kun doirasida belgilanadi. Sud ekspertizasi turlarining murakkablik darajasi ekspertiza tashkilotining yuqori turuvchi idorasi, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tadqiqotlarni oʻtkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda, ekspertiza tashkiloti rahbari muddat oʻtishidan 3 ish kuni oldin asoslangan holda ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yozma yoki elektron ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.
Advokat soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlar oʻtkazish muddatlari sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan belgilanadi”
Qonunda ko‘rsatilmagan hech qanday asoslarsiz muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rustamova Umida Ulug‘bek qizi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud -kspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi eksperti.