DAVLAT SUD EKSPERTI SIFATIDA ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

DAVLAT SUD EKSPERTI SIFATIDA ATTESTATSIYaDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

«Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlarining yuqori malakasi va kasb darajasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Sud-ekspertiza muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar:

bir hafta muddatda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspert-malaka komissiyalari tashkil etsinlar;

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib yuksak talabchanlik, prinsipiallik va o‘z kasbini bilish xolisona baholanishi vaziyatida amalga oshirilishini ta’minlasinlar;

davlat sud eksperti sifatida zamonaviy fikrlaydigan, yuqori malakaga ega bo‘lgan, tashabbuskor, mas’uliyatli va qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.

  1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2010 yil 16 dekabr,

300-son

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 dekabrdagi 300-son qaroriga
ILOVA

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM
I.Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat sud-ekspert muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ekspert muassasalari deb ataladi) davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  2. Xodimlarni ekspert muassasalarida davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish ularning o‘z kasbini bilishi darajasini xolisona baholash, davlat sud ekspertiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
    II. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish
  3. Davlat sud eksperti sifatida oliy ma’lumotga, alohida hollarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan, aniq sud-ekspert mutaxassisligi bo‘yicha majburiy tayyorgarlikdan o‘tgan (keyingi o‘rinlarda tayyorgarlik deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.

Davlat sud eksperti malakasi ekspert muassasasi tomonidan belgilanadigan ekspert mutaxassisliklari ro‘yxatiga muvofiq beriladi.

  1. Ekspert muassasasiga ishga qabul qilinadigan va ekspert lavozimiga talabgor bo‘lgan xodim quyidagi shakllarda amalga oshiriladigan tayyorgarlikdan o‘tadilar:

o‘z ish joyi bo‘yicha bevosita ekspert muassasasida mustaqil tayyorlanish;

tasdiqlangan o‘qish rejasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ekspert mutaxassisligini o‘zlashtirish.

  1. Ekspert muassasasi rahbari:

xodimni tayyorlash rejasini hamda o‘rganilishi kerak bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy adabiyotlar va hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi, uch oydan bir yilgachani tashkil etishi kerak bo‘lgan tayyorgarlik muddatini belgilaydi;

ekspert lavozimida ishlashning yetarlicha amaliyotiga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlardan ustoz tayinlaydi.

  1. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspert muassasasida Ekspert-malaka komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
  2. Komissiya:

ekspert muassasasiga ishga qabul qilingan xodimlarga aniq ekspert mutaxassisligi bo‘yicha sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqini, shuningdek davlat sud ekspertlariga qo‘shimcha ekspert mutaxassisliklarini bergan holda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish;

davlat sud eksperti tomonidan ekspert muassasasi rahbari tomonidan aniqlanadigan sud ekspertizalarini o‘tkazish tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida berilgan guvohnoma (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) bekor qilingan holda davlat sud eksperti malakasidan mahrum etish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Komissiya boshqa ekspert muassasalari xodimlarini davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish huquqiga ega emas.

  1. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi: ekspert muassasasi rahbari — Komissiya raisi, ekspert muassasasi rahbarining o‘rinbosari — Komissiya raisining o‘rinbosari, Komissiya kotibi, tasarrufida ekspert muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idoraning vakili, ekspert muassasasi bo‘linmalari rahbarlari, tegishli ekspert mutaxassisligining eng tajribali ekspertlari. Komissiya tarkibiga, kelishuv bo‘yicha, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar xodimlari kiritilishi mumkin.

Komissiyaning shaxsiy tarkibi ekspert muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha, tasarrufida ekspert muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Komissiya raisi, u hozir bo‘lmaganda esa — uning o‘rinbosari Komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi, attestatsiya o‘tkaziladigan joy va uning muddatlarini, attestatsiya qilinadiganlar tarkibini belgilaydi, attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal etadi.
  2. Komissiya kotibi Komissiya majlislarini o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlaydi, ish yuritishni hamda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan xodimlar hisobini yuritadi.

III. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi

  1. Komissiya attestatsiya qilinadiganni tayyorgarlikdan o‘tkazgan ekspert muassasasi bo‘linmasi rahbarining (keyingi o‘rinlarda bo‘linma rahbari deb ataladi) taqdimnomasi bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
  2. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun attestatsiyadan o‘tkaziladiganga oid quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

bo‘linma rahbarining ko‘rsatib o‘tilgan taklifni asoslaydigan taqdimnomasi;

tavsifnoma;

ustozning fikri;

tayyorgarlik rejasi va o‘rganib chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy adabiyotlar va hujjatlar ro‘yxati;

attestatsiya qilinadiganning tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

tegishli mavzu bo‘yicha kamida bitta referat;

o‘tkazilgan sud ekspertizalarida attestatsiya qilinadigan qatnashgan sud ekspertizalari bo‘yicha xulosalar nusxalari;

attestatsiya qilinadigan tayyorgarlikdan o‘tgan ekspert muassasasi bo‘linmasi majlisi protokolidan ko‘chirma.

Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarni Komissiya kotibi qabul qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ishonchliligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini bir kun mobaynida tekshiradi.

  1. Quyidagilar attestatsiyaga qo‘yish rad etilishi uchun asos hisoblanadi:

zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi yoki hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;

taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.

Attestatsiyaga qo‘yishning boshqa asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. Attestatsiyaga qo‘yish rad etilgan taqdirda bir kun mobaynida bo‘linma rahbariga va xodimga yozma shaklda asoslari ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma yuboriladi.

Bildirishnomada ko‘rsatilgan rad etish asoslarini bartaraf etish uchun xodimga yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddat beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bartaraf etilganda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan attestatsiya qilinadiganga oid hujjatlar bo‘linma rahbari tomonidan Komissiyaga takroran taqdim etiladi.

  1. Komissiya majlisi davlat sud eksperti sifatida attestatsiyaga hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay chaqiriladi.
  2. Komissiya a’zolariga va davlat sud eksperti sifatida attestatsiya qilinadiganga majlisning sanasi va kun tartibi to‘g‘risida Komissiya majlisi o‘tkazilishi sanasidan kamida o‘n kun oldin e’lon qilinadi.
  3. Komissiya majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar attestatsiya qilinadigan tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmaning rahbari, va/yoki ustoz Komissiya a’zolari bo‘lgan taqdirda, ular ushbu majlisda Komissiyaning qarori qabul qilinishida ovoz berishlari mumkin emas.
  4. Majlis davomida Komissiya o‘zining ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi, attestatsiya qilinadiganga sud-ekspertning faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, sud ekspertizasining nazariy asoslari va amaliy masalalari, aniq ekspert mutaxassisligi bo‘yicha savollarga javob berishni taklif qiladi, shundan keyin uning maxsus bilimlari darajasini baholaydi.

Attestatsiya suhbatlashish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

  1. Komissiya majlisi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha protokol va savol varag‘i shaklida rasmiylashtiriladi. Protokol Komissiya raisi va uning kotibi tomonidan imzolanadi, savol varag‘i Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
  2. Komissiya qarori taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish va majlisda qatnashgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan attestatsiya qilinadiganning javoblarini muhokama qilish asosida qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

O‘ziga nisbatan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala hal etilayotgan xodim ovoz berishda hozir bo‘lmaydi.

  1. Muhokama yakunlari bo‘yicha Komissiya:

xodimni attestatsiyadan o‘tgan deb hisoblash va unga guvohnoma berish;

xodimni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash va unga guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

  1. Komissiya qarori ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi. Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Komissiya qarorining ijrosini nazorat qilish Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Komissiya qaroridan ko‘chirma attestatsiya qilinadiganga attestatsiya o‘tkazilgandan keyin uch kundan kechikmay taqdim etiladi.
  2. Agar Komissiya xodimni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash va unga guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, u holda qarorda sabablar ko‘rsatilishi va egallab turgan lavozimdan ozod qilish yoxud davlat sud eksperti sifatida takroriy attestatsiyadan o‘tish imkoniyati to‘g‘risida tavsiyalar berilishi kerak.

Ushbu xodimni yana davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala kamida uch oydan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.

  1. Komissiyaning qarori asosida ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan uch ish kuni mobaynida xodimga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma topshiriladi. Guvohnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda guvohnomani bergan ekspert muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.

Guvohnoma davlat sud ekspertining malakasini tasdiqlash maqsadida beriladi va faqat ekspert muassasasining xizmat guvohnomasi ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi.

  1. Muayyan ekspert mutaxassisligi bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan va boshqa ekspert mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgan xodimga Komissiyaning tegishli qarori bilan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan holda qo‘shimcha ekspert mutaxassisligi bo‘yicha sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi beriladi.

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qistirma varaqcha Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda qistirma varaqchani bergan ekspert muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.

  1. Ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reestri yuritiladi. Reestrda:

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;

xodimning pasportiga oid ma’lumotlar (pasportning seriya raqami va berilgan sanasi, yashash joyi, telefon raqami);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berilganligi haqida Ekspert-malaka komissiyasining qarori raqami va sanasi;

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi;

sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqini beradigan ekspert mutaxassisligi nomi;

qo‘shimcha ekspert mutaxassisligi bo‘yicha sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi berilganligi to‘g‘risida Ekspert-malaka komissiyasi qarorining tartib raqami va sanasi (mavjud bo‘lganda);

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan sana (mavjud bo‘lganda);

sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqini beradigan qo‘shimcha ekspert mutaxassisliklari nomi (mavjud bo‘lganda);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilinishining asosi va sanasi (mavjud bo‘lganda);

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma dublikati qayta rasmiylashtirilishi va berilishining asosi va sanasi (mavjud bo‘lganda).

  1. Komissiya materiallari ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasida saqlanadi.
    IV.Guvohnomalar dublikatlarini qayta rasmiylashtirish va berish
  2. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish davlat sud ekspertining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda uning arizasi asosida ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar davlat sud eksperti o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.

Qayta rasmiylashtirishda takroriy guvohnoma beriladi, oldin berilgan guvohnoma esa olib qo‘yiladi.

  1. Yo‘qolgan va yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga davlat sud ekspertining arizasiga ko‘ra ekspert muassasasining kadrlar bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan uning dublikati beriladi.

Davlat sud ekspertiga yangi guvohnoma berishda unga «DUBLIKAT» belgisi qo‘yiladi.

  1. Guvohnoma dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi.
    V.Yakunlovchi qoidalar
  2. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
  3. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Ekspert-malaka komissiyasi majlisi

PROTOKOLI

                                   Toshkent shahri                                                                                                                                                   20___ yil «___» ___________

Qatnashganlar: ______________________

_________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil «___» _______dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida Ekspert-malaka komissiyasi

(davlat sud-ekspert muassasasining nomi)

_______________________________________________________________________

     (davlat sud-ekspert muassasasi bo‘linmasining nomi)

xodimini ______________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________ ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi

(sud ekspertizasi turi)

bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Bilim darajasini aniqlash uchun unga __________ ta savol berildi.

_________________________________ta to‘g‘ri javob berildi.

Ekspert-malaka komissiyasi qaror qiladi:

Xodim malakadan o‘tgan deb hisoblansin va unga _____________________________

(sud ekspertizasi turi)

ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi bilan davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilsin.Xodim attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblansin va unga guvohnoma berish rad etilsin.Ekspert-malaka komissiyasining tavsiyalari:

_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________

Komissiya raisi ____________________
Komissiya kotibi ___________________

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Savol varag‘i

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tayotgan xodimning F.I.O.
1.
2.
3.
4.
5.


Komissiya kotibi
____________________________                         __________________________(imzo)(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida berilgan guvohnomalar

REESTRI

T/r Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga oid ma’lumotlar, telefon raqami Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berish haqida Ekspert-malaka komissiyasi qarorining tartib raqami va sanasi Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami va berilgan sanasi Sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi beriladigan ekspert mutaxassisligi nomi Qo‘shimcha ekspert mutaxassisligi bo‘yicha sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqini berish to‘g‘risida Ekspert-malaka komissiyasi qarorining tartib raqami va sanasi Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qistirma varaqcha berilgan sana Sud ekspertizasini mustaqil o‘tkazish huquqi beriladigan qo‘shimcha ekspert mutaxassisliklari nomi Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilishning asosi va sanasi Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va dublikat berilgan sana
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 50-son, 475-modda)

 

Skip to content