QOP 4.1-F1(1)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova
nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
XOLISLIKNI TA’MINLASH SOHASIDAGI SIYOSAT
Maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova
nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz) xolislikni ta’minlash bo‘yicha siyosatini belgilash
Siyosat boshqaruv tizimining faoliyati va uni takomillashtirishning asosi bo‘lib, Markaz faoliyatini xolisona va vakolatli olib borilishini ta’minlaydi.
Ushbu siyosat bilan Markaz o‘zining xolislik, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va sud ekspertiza sohasidagi faoliyatning xolisligini ta’minlashi muhimligini bildiradi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tasarrufidagi tashkilot bo‘lib hisoblanadi.
Muvofiqlikni baholash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda xolislikni ta’minlash va xalqaro ISO/IEC 17025:2019 standartining 4.1 band talablarini bajarish maqsadida:
-Markazning tuzilishi va boshqaruvi xolislikka xavf soladigan har qanday ma’muriy, tijorat, moliyaviy yoki boshqa bosimlarning oldini oladigan tarzda tashkil etilgan;
-Markazning tuzilishi ierarxik vertikal tamoyil asosida qurilgan bo‘lib, bu xodimlarning raqobati bilan bog‘liq risklarni kamaytiradi;
-Markazning barcha xodimlari buyurtmachilar soni va ish hajmidan qat’iy nazar belgilangan maoshni oladi;
-Markazda muvofiqlikni baholash jarayoni bo‘yicha buyurtmachining talabidan qat’iy nazar 8 soatlik ish kuni belgilangan;
-Markazda sog‘lom ma’naviy muhit ta’minlanib, xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
-Markaz xodimlari va buyurtmachilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro munosabatlar minimallashtiriladi, bu ish natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan riskni kamaytirishga yordam beradi;
-Markaz xodimlari va buyurtmachilar o‘rtasidagi munosabatlarda norasmiy muloqotning yuzaga kelishi bilan bog‘liq xolislik tamoyillarini buzish riskini tahlil qiladi va boshqaradi;
-Sud ekspertiza jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan Markaz xodimlari (shu jumladan, chetdan jalb etiladigan xodimlar, Sud ekspertlik Ilmiy tadqiqot Instituti va STQ 15 sud ekspertiza sohasidagi standartlashtirish texnik qo‘mitasining a’zolari ham) xolis harakat qilish va har qanday tijorat, moliyaviy yoki xolislikka xavf soladigan boshqa bosimlarga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi. Har qanday manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, xodimlar bu haqida Markaz mas’ul vakillarini xabardor qilish majburiyatini oladi. Ushbu majburiyatlar Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi Qonunda, mehnat shartnomalarida, mansab Yo‘riqnomalarida, tegishli deklaratsiyalarda va kasbiy etikaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
-Markaz o‘z faoliyatida yuzaga keladigan xolislik risklari asosida doimiy ravishda aniqlash, tahlil qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring qilish va hujjatlashtirish jarayonini o‘z ichiga olgan va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda, tegishli manfaatdor tomonlarni aniqlash va xolislik bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ular bilan maslahatlashishni o‘z ichiga oladigan risklarni boshqarish tartibini qo‘llaydi;
-Markaz siyosati buyurtmachilarga, xususan, sudlarga, tergov organlariga va ariza beruvchilarga nisbatan kamsitishlarni istisno qiladi. Muvofiqlikni baholash xizmatlari Markaz siyosati va qoidalariga muvofiq ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish arizalari uning faoliyat doirasiga kiruvchi mutlaqo barcha buyurtmachilarga taqdim etiladi. Muvofiqlikni baholash tartib qoidalari va jarayonlari bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlar Markaz veb saytida mavjud.
Markaz rahbariyati siyosatni amalga oshirish uchun boshqaruv tizimining muvofiqligini baholashda javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.