Qashqadaryo viloyati bo‘limi

 

 

Umidillaev Jahongir Hasanovich

RSEM ning Qashqadaryo viloyati bo‘limi mudiri 

 

 

 

     X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qashqadaryo viloyat bo‘limi – Toshkent sud ekspertiza ilmiy tadqiqot instituti (Tosh.SEITI)ning qoshida 1979 yilda tashkil topgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatida birinchi ekspert avtotexnika sifatida Abduqodir Mamanov ish faoliyatini boshlab keyinchalik bo‘lim mudiri lavozimida tayinlangan. Qashqadaryo viloyati bo‘limida 1991-2009 yillarda bo‘lim mudiri sifatida Uzakov Fozil faoliyat olib borgan bo‘lib, viloyatda ekspertizani rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shgan.

Bo‘limda 1979 yildan boshlab sudga oid avtotexnika ekspertizasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

1998 yildan boshlab hujjatlarni Sud iqtisodiy ekspertizasi ekspertizasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan.

2002 yil may oyidan boshlab qurilishga oid texnik ekspertizasini ishlab chiqarishni yo‘lgan qo‘yilgan.

2009 yilning may oyidan boshlab sud tovarshunoslik ekspertizalar turlarini ishlab chiqarishni yo‘lgan qo‘yilgan.

2013 yilning iyul oyidan boshlab, sud izshunoslik ekspertizasini ishlab chiqarish yo‘lgan qo‘yilgan.

Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: 2 nafar muhandis va quruvchi-muhandis hamda iqtisodchi-buxg‘alter faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bir nafar bo‘lim mudiri, bir nafar katta ekspert, ikki nafar ekspert hamda besh nafar Markazda ish o‘rganayotgan ekspertlar faoliyat ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qashqadaryo viloyat bo‘limida quyidagi turdagi sudga oid ekspertizalar bajarilib kelinmoqda.

  • Sud avtotexnika ekspertizasi
  • Transport vositalarini texnik holatini aniqlash
  • Transport-trasologiya ekspertizasi
  • Sud transport-baholash ekspertizasi
  • Sud-izshunoslik ekspertizasi
  • Sud-qurilish texnik ekspertizasi
  • Sud-yer ekspertizasi
  • yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini aniqlash
  • Sanoat mahsulotlarining tovarshunoslik ekspertizasi
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi
  • Sud-buxgalteriya ekspertizasi
  • Sud-moliya-kredit ekspertizasi
  • Sud-mehnat-iqtisodiy ekspertizasi
  • Sud-rejali-iqtisodiy ekspertizasi
  • Sud-iqtisodiy-statistika ekspertizasi
  • Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
  • Sud-soliq ekspertizasi
  • Bank va tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash
  • Sud-xatshunoslik ekspertizasi;
  • Hujjatlarni sud-texnik ekspertizasi;
  • Sud lingvistika ekspertizasi (rejalashtirilgan);
  • Sud filologiya ekspertizasi (rejalashtirilgan).

Hozirgi kunda X. Sulaymonova nomidagi RSEM Qashqadaryo viloyat bo‘limi, Qashqadaryo viloyatining barcha xuquqni muxofaza qilish idoralariga xizmat ko‘rsatishi bilan bir qatorda, jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari hamda xatlariga asosan pulli tadqiqotlar o‘tkazib kelmoqda.

   X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Qashqadaryo viloyat bo‘limida ekspertlarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, faqat sud ekspertiza o‘tkazish va ilmiy-tadqiqotlar bilan chegaralanmagan. Ularning ishlarida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar, jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ekspertlarning ilmiy-asoslangan tavsiyanomalarini ishlab chiqish katta o‘rin egallaydi. Profilaktik tavsiyanomalar muayyan ekspertiza materiallari bo‘yicha ham, sud-tergov va ekspertlik amaliyoti umumlashmalari natijalari bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Ekspertlarning jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-asoslangan tavsiyanomalari kriminogen holatlarni sog‘lomlashtirish, ayrim fuqarolar va butun jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajovuzning oldini olishga yo‘naltirilgan. Huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashda ekspertlik fanining yutuqlarini tashviqot qilishning shakllaridan biri huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan uslubiy ishlash, shuningdek ekspertlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari orqali amalga oshirib kelmoqda.

Manzil: 180 100, Qarshi shahar Jayhun ko‘chasi, 1/31.

Aloqa ma’lumoti: tel (0375) 230-10-96.

Elektron manzil: qashqadaryo@sudex.uz; qashqadaryorsem@exat.uz

Skip to content