Sud-ekspertiza tashkilotlari 2022 yil 1 yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.
Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi Huquqiy axborot kanali.
Qarorga muvofiq, endilikda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tashkil etiladi va ularga sud ekspertizalarining ayrim turlarini o‘tkazish huquqi beriladi.
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini davlat muassasalarida o‘taydi hamda ularga sud eksperti sertifikati beriladi.
Sertifikatga ega sud ekspertlarining Yagona reyestri Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi. Sertifikatsiz faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Qaror bilan adliya vaziriga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha narxlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berildi.
Sud-ekspertiza tashkilotlari 2022 yil 1 yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.