Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 2017 yil 13 apreldagi 206-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Qarorga muvofiq, quyidagilar Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazining asosiy vazifalari etib belgilangan:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish;
muntazam ravishda sud ekspertlarining nazariy va huquqiy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish;
o‘quv jarayoniga huquqiy fanlar, sud ekspertizasi va ekspertlik amaliyotiga oid ilg‘or yutuqlarni o‘rganishni joriy qilish;
sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
Shuningdek, O‘quv markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2020 yil 24 martdagi 180-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish tashkil etib kelinmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 noyabrdagi 706-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, Markaz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda dual ta’lim prinsipiga muvofiq, sud-ekspertiza sohasida kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib kelmoqda.