Yangiliklar

Ma’ruza mashg‘ulotlari

Joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamentining quyi tizimidagi tergov xodimlari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida “Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasini tayinlash tartibi va mazkur ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlari bo`lib o`tdi.
Ushbu ma`ruza mashg`ulotida markazning Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudirasi N.Soliyeva va laboratoriya eksperti N.Qolqanovlar ma`ruza qilishdi.
Ma’ruzada Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi nima ekanligi, predmeti, obyekti va ekspertlar oldiga qo‘yiladigan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tergovchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .