Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi

Photo 2025 04 03 18 46 10Saitova Niyyora Sobirjonovna

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi mudiri.

3-darajali adliya maslahatchisi

e-mail: nika-s.ru@mail.ru

tel.: 71 209-11-55 (ichki 143)

Maʼlumoti oliy, 1-mutaxassisligi odam va hayvonlar fiziologiyasi. 2012-yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.

2-mutaxassisligi huquqshunos. 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Rossiya Xalqlar Hamdo‘stligi Universitetininig magistratura bosqichini tamomlagan.

Isteʼmol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriya faoliyati – isteʼmol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini aniqlash hamda ushbu mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda qulayliklar yaratish maqsadida isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlash.

Ekspertiza turi: Oziq-ovqat mahsulotlarida genetik modifikatsiyalangan organizm (GMO)lar mavjudligini aniqlash.

Tekshiruv ob’yekti: oziq-ovqat mahsulotlari.

Tahlil usuli: molekulyar genetik tekshiruvlar

Umumiy tushuncha: Genetik modifikatsiya qilingan organizm (GMO) genotipi genetik muhandislik usullari yordamida suniy ravishda o‘zgartirilgan organizm. Ushbu ta’rif o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar uchun qo‘llanilishi mumkin.