1) Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyat bo’limida bugungi kunda qaysi ekspertiza turlari o’tqazilmoqda?
Javob: Sud-avtotexnika ekspertizasi bo‘yicha tadqiqotlari:
– Yo‘l-transport hodisasi mexanizmining matematik usullari tadqiqotlari;
– Transport vositalarining texnik holati tadqiqotlari;
– Transport-trasologik tadqiqotlar;
– Transportni baholash.
Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi bo‘yicha tadqiqotlari:
– Buzish qurollari, asbob-uskunalar, sovuq qurollar va ular izlarining tadqiqotlari (qismlarga ko‘ra butunni aniqlash);
– Transport vositalari izlarining.
Sud-qurilish-texnik ekspertizasi tadqiqotlari:
– Qurilish-texnikaviy tadqiqotlari;
– Sud-yer ekspertizasi tadqiqotlari;
– Yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash.
Sud-iqtisodiy ekspertizasi tadqiqotlari:
– Sud-buxgalteriya tadqiqotlari;
– Sud-moliya kredit tadqiqotlari;
– Sud-mehnat iqtisodiy tadqiqotlari;
– Sud-rejali iqtisodiy tadqiqotlari;
– Sud-iqtisodiy statistika tadqiqotlari;
– Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy tadqiqotlari.
2) Yo‘l transport xodisasi mexanizmini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish ekspertizasida qanday savollar xal etiladi?
Javob: Yo‘l transport hodisasi mexanizmiga oydinlik kiritish (agar transport vositasidan tormoz izlari qolgan bo‘lsa ular asosida uning tezligini aniqlash, to‘xtatish masofasini va tormozlanish masofasini aniqlash, yo‘lning ko‘rinishiga qarab xavfsiz tezligini aniqlash, avtomobillarning har-biri svetoforning qaysi ishorasiga kirganligini aniqlash);
- haydovchilar tomonidan yo‘l transport hodisasini oldini olib qolish texnik imkoniyatlarini aniqlash;
- transport vositalarning va boshqa ob’ektlarning voqea joyidagi harakatlanish ifodalovchi koeffitsientlarni aniqlash;
– xaydovchilarning harakatlaridagi yo‘l harakat qoidalari talablalari doirasida baxo berish
Yuqoridagi savollarni hal etish uchun tadqiqotlarni o‘tkazishga ma’lumotlar kerak bo‘ladi va bu ma’lumotlarni murojaatchi taqdim etadi xamda uning haqiqiyligiga u javob beradi. Agar ish xujjatlaridan nusxalar bo‘lsa taqdim etilishi mumkin. Ekspertga yo‘lning xolati, quruq, xshl va muzlagani, qoplamasi, kum, shag‘al yoki asfaltlangani, transport vositasining yuklanganligi yo‘lovchilar soni va yukning og‘irligi, tormoz izi uzunligi, agar xaydovchini texnik imkoniyatini aniqlash zaruriyati bo‘lsa xavf necha metrdan tug‘ilganligini taqdim etishi kerak. Ekspert oldiga qo‘yilgan savol doirasida boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar xam talab qilinishi mumkin.
3) Transport vositalarini texnik xolatini tadqiqot qilish ekspertizasida qanday savollar xal etiladi?
Javob: transport vositasining texnik xolatini aniqlash;
- transport vositaning texnik nosozliklarini vaqtini va sababini aniqlash;
- transport vositadagi texnik nosozliklarni haydovchi tomonidan o‘z vaqtida bilish imkoniyatini aniqlash;
- transport vositadagi texnik nosozliklar bilan yo‘l transport hodisasi sababiy bog‘lanishini aniqlash va h.k.
Ushbu savollarni xal etish uchun yo‘l transport xodisasiga uchragan va tekshirilayotgan transport vositasini pachoqlangan(YTXdan keyingi xolati o‘zgarmagan xolda) xolda taqdim etilishi kerak.
4) Transport-izshunoslik ekspertizasida qanday savollar hal etiladi?
Javob: to‘qnashuv joyini aniqlash, to‘qnashuv vaqtida transport vositalarning voqea joyida joylashuvini aniqlash;
- transport vositalardagi qaysi qismlari bilan to‘qnashganligi, ularning bo‘ylama o‘qlari orasidagi burchak kattaligini aniqlash;
- yo‘l transport hodisasi mexanizmini qayta tiklash;
- qaysi avtomashina to‘qnashuvgacha o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganligini aniqlash;
- transport vositalarini to‘qnashuv vaqtida xarakatda bo‘lgan yoki to‘xtab turganligini aniqlash va x.k.
Ushbu savollarni xal etish uchun yo‘l transport xodisasiga uchragan va tekshirilayotgan transport vositasilarini pachoqlangan(YTXdan keyingi xolati o‘zgarmagan xolda) xolda taqdim etilishi kerak.To‘qnashuv joyini aniqlash uchun esa albatta voqea kuni tuzilgan YTX chizmasi zarur bo‘ladi.
5) Transport vositalarini baxolash va moddiy zarar qiymatini aniqlash ekspertizasida qanday savollar hal etiladi?
Javob: transport vositasining bozor bahosini aniqlash;
- transport vositasiga yetkazilgan moddiy zararini va tiklash uchun ketadigan sarf-xarajatlar miqdorini aniqlash;
- transport vositaning ayrim qismlarini narhini aniqlash va h.k.
Ushbu savollarni xal etish uchun transport vositasini yeki aloxida extiyot qismlari taqdim etilishi kerak.
6) Transport vositalari va ular izlarining trasologik ekspertizasida hal etiladigan savollar quyidagilar?
Javob: Taqdim etilgan avtomobil dvigateli (kuzovi, shassisi)ning raqamini aniqlang va bu raqamlar o‘zgarishlarga uchraganmi?
Agar markirovka belgilari o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda dastlabki markirovka belgilarini aniqlang.
Taqdim etilgan avtomobil dvigateli (kuzovi, shassisi)ning raqamlari qaysi usulda bajarilgan.
Taqdim etilgan avtomobilning markirovka belgilariga begona ta’sir ko‘rsatish izlari mavjudmi?
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, yuqorida keltirilgan ro‘yxat muayyan ob’ektni tergov qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni to‘laligicha qamrab olmaydi, shu bois, yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxati taxminiy hisoblanadi va ishning holatiga qarab ekspertizada hal etish uchun boshqa savollar ham qo‘yilishi mumkin.
7) Sud-qurilish texnikaviy va sud yer ekspertizasini o‘tkazishda qanday tadqiqotlar amalga oshiriladi?
Javob: Sudga oid qurilish ekspertizasi – turar joy va nooturar bino inshootlarni qiymatini aniqlash va ularni boʻlib foydalanish tartibini belgilash hamda shaxsiy va umumiy hissadorlik mulki bo‘lgan uy-joylarni boʻlib berish yoki shaxsiy hissasini ajratib berish, bunda ekspert uy-joyni, texnik jihatdan QMQ va ShNQ ga zid yoki mos tarzda qurilganligini aniqlash.
Bino-inshootlarga boʻlgan baxolash va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha, baholovchi nodavlat tashkilotlar tomonidan tuzilgan baxolash hisobotlarini ilmiy va uslubiy jihatdan toʻgʻri yoki noto‘g‘ri bajarilganligini tekshirish tadqiqotlarini o‘tkazish.
Ajratilgan yer maydonlarining xaqiqiy oʻlchamlarining yer ajratish kadastr xujjatlaridagi o‘lchamlari bilan mosligini tekshirish tadqiqotlarini oʻtkazish.
Sud-yer ekspertizasi – turar joy va nooturar bino inshootlardagi yer maydonlarini ularni boʻlib foydalanish tartibini belgilash kabi tadqiqotlarini oʻtkazadi.
8) Sudga oid qurilish va yer ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazishda qanday axborotlprni to‘plash va tahlil qilish lozim?
Javob: Boshlang‘ich axborotlarda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
– Ko‘chmas mulkka oid kadastr hujjatlari;
– Resurs smeta hisob-kitoblari va h.k kiradi;
Asoslangan baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun baholovchi baholash obyektini identifikatsiya qilish (ko‘zdan kechirish), so‘rovlar tuzish, tahlil o‘tkazish va hisob-kitoblar kabi vositalar yordamida yetarli miqdorda ma’lumotlar to‘plashi kerak.
Baholovchi, yig‘ilgan birlamchi hujjatlarga ega bo‘lgan holda buyurtmachi yoki baholash obyekti balansda saqlovchisining vakili bilan birgalikda baholash obyektini ko‘zdan kechirish, uning amaldagi holatini o‘rganish, uni tavsiflash, o‘lchash, fotosuratga olish va baholash obyektini indentifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Baholash obyektini ko‘zdan kechirishdan maqsad taqdim etilgan boshlang‘ich hujjatlarga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi:
Baholash obyektini identifikatsiya qilish (ko‘zdan kechirish) quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
– baholash obyektini vizual ko‘zdan kechirish;
– baholash obyektini fotosuratlarga olish;
– baholash obyektini identifikatsiya qilish;
– ko‘zdan kechirganlik dalolatnomasini tuzishdan iborat.
Axborot yig‘ishda baholovchi tomonidan baholash obyektiga mansub bo‘lgan bozor tahlili o‘tkaziladi hamda uning yakunlari bo‘yicha baholash obyektining xususiyatlariga muvofiq aynan bir xil obyektlar va analoglarning sotilishi hamda takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Baholash obyektining asosiy parametr va tavsiflari analog-obyektlarning xuddi shunday parametr hamda tavsiflari bilan solishtirilib amalga oshiriladi.
9) Sud iqtisodiy ekspertizasi asosan qanday masalalarni hal etadi?
Javob:
– korxonalardagi moliyalashtirishni to‘g‘riligini aniqlash;
– pul mablag‘lari, tovar moddiy boyliklarni haqiqatda naqd bor-yo‘qligini aniqlash;
– buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini buzilish holatlarini aniqlash;
– olingan daromad miqdorini aniqlash;
-soliq solinadigan asoslarni aniqlash;
– iqtisodiy fondlarni yaratilish asoslarini aniqlash;
– mehnat haqini hisoblashda me’yoriy xujjatlarga asoslanganlikni aniqlash;
– hisobotlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aks ettirilganligi kabi holatlarni tadqiq etish va boshqalar.
10) Ekspertiza xulosasi qanday hujjatlar asosida o‘tkaziladi va kimlarga beriladi?
Javob: Ekspertiza xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya (sud)ning qarori (ajrimi) asosida o‘tkaziladi.
Advokat so‘roviga ko‘ra sud ekspertizalari iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan mutaxassis fikri berilishi mumkin.