Sud-avtomobil-yo‘llar ekspertizasi
Yo‘l-transport hodisalarini kelib chiqishiga yo‘l sharotini ta’sir etuvchi omillarini o‘rganish va aniqlash – avtomobil yo‘l ekspertizasi mavzusidir.
Sud avtomobil yo‘l ekspertizasi predmeti: yo‘lning texnik holatini, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yo‘l sharoitlarini sud ekspertizasi yo‘l va uning elementlari, yo‘l sharoitlari va atrof-muhitning qurilish va ekspluatatsiya xususiyatlari, shuningdek elementlar bilan o‘zaro ta’sir qilish parametrlari to‘g‘risidagi faktik ma’lumotlardir.
Avtomobil yo‘l ekspertizasi ob’ektlariga yo‘l, yo‘l belgilari, yo‘l bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, yo‘ldagi qurilmalar, to‘siqlar va h.k. kiradi.
Avtomobil yo‘l ekspertizasi quyidagi asosiy masalalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi:
– yo‘lning soz yoki nosozligi, yo‘lning holati mavjud me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash;
– yo‘l belgilarining me’yorlarga mos o‘rnatilganligi belgilash;
– yo‘ldagi mavjud qurilmalarni joylashganligini yo‘l harakat havfsizligi qoidalariga mos kelishini aniqlash va h.k.
Avtomobil yo‘l ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
– voqea sodir etilgan joyda yo‘lning qatnov qismi soz holatdami ?
– voqea sodir etilgan joyda yo‘lning qatnov qismida nosozliklar bormi, agar bo‘lsa ular normativ hujjatlardagi me’yorlarga mosmi ?
– yo‘l belgilari qo‘yilishi voqea sodir etilgan joyda to‘g‘ri tashkil etilganmi ?
– aniqlangan yo‘lning nosozligi qaysi normativ hujjatlarning (QMQ, standart) qaysi talablariga mos kelmaydi ?
Yuqoridagi masalalarni hal etish uchun ekspert tomonidan voqea joyi mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilishi, shuningdek tegishli me’yoriy hujjatlar taqdim etilishi kerak.