Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich tomonidan Xorazm viloyatida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabul qilish kuni belgilangan.
Sayyor qabul Xorazm viloyat adliya boshqarmasi binosida 2023-yil 27-oktabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Xorazm viloyati, Xorazm viloyati Urganch shahar, Taraqqiyot ko‘chasi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (71) 209-11-55 (180,154)