Xalilova Nilufar Shuxratillaevna
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Kriminalistik, sud-lingvistik va filologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, farmasevtika fanlari nomzodi,
3-darajali adliya maslahatchisi
e-mail: halilova79@inbox.ru
tel.: 71 2091155 (ichki 202)
Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi farmatsevt. 2002-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. 2011 yilda Toshkent farmatsevtika institutida “Fenazepamning yangi tahlil usullarini ishlab chiqish va ularni kimyo -toksikologik tekshiruvida qo‘llash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
2002-yildan “Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlarni tadqiqot qilish”, “Tabiati noaniq moddalarni tekshirish”, “O‘simlik ob’ektlarini tekshirish”, Hayvonot ob’ektlarini tekshirish”, Boshqa biologik ob’ektlar (qush va baliqlar)ni tekshirish”, “Maxsus kukunlar va maxsus qalamlarni tekshirish” hamda “Lok bo‘yoq materiallari va qoplamalarini tadqiqot qilish” kabi mutaxassiliklari bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlarini olib boradi.
Xalilova Nilufar Shuxratillaevnaning o‘z mehnat faoliyati davomida ekspertiza sohasini rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar natijasi bo‘lgan uslubiy tavsiya, uslubiy va o‘quv qo‘llanma hamda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro va respublika nashriyotlarida chop etilgan.
Shuningde, 2017-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent farmasevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarlar tarkibi a’zosi.
Saitova Niyyora Sobirjonovna
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi mudiri.
3-darajali adliya maslahatchisi
e-mail: nika-s.ru@mail.ru
tel.: 71 209-11-55 (ichki 143)
Maʼlumoti oliy, 1-mutaxassisligi odam va hayvonlar fiziologiyasi. 2012-yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.
2-mutaxassisligi huquqshunos. 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Rossiya Xalqlar Hamdo‘stligi Universitetininig magistratura bosqichini tamomlagan.
Saitova N.S. Respublika sud ekspertiza markazida 2012-yilning dekabr oyidan ishlab kelmoqda, 2012-2013 yillarda Markazning “Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi” laboratoruyasi ish o‘rganuvchisi, 2013-2019-yillarda laboratoriya ekspert lavozimida, 2019-yil yanvar oydan may oyiga qadar laboratoriya katta eksperti, 2019-2021 yillarda laboratoriyaning yetakchi eksperti, 2021-2022 yillarda laboratoriyaning bosh eksperti lavozimda, 2022-yil may oyidan boshlab Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmokda.
Saitova N.S. faoliyat davrida bir qancha ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashib kelib, ekspertlik faoliyati uchun yangi tadqiqot usullari yaratilishiga ko‘mak bergan. Jumladan: 2015-2017-yillarda A-6-001“Identifikatsiya va diagnostika masalarini hal etishga qaratilgan koʻp tarmoqli avtomashtirilgan elektron dasturiy taʼminot yaratish”, 2018-2020-yillarda PZ-20170929537 “Globalfier™ Plus PCR Amplification Kit” enzimatik amplifikatsiya to‘plami yordamida ma’lumotlarning ehtimollik-statistik tahlilini o‘tkazish uchun O‘zbekiston populyatsiyasining DNK polimorfizmini o‘rganish va tayanch parametrlarni yaratish”.
Saitova Niyyora Sobirjonovnaning o‘z mehnat faoliyati davomida ekspertiza sohasini rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar natijasi bo‘lgan uslubiy tavsiya, uslubiy va o‘quv qo‘llanma, yo‘riqnoma hamda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro va respublika nashriyotlarida chop etilgan.