
Maxkamov Murodjon Zaxidovich
Markaz direktori
Tel: 71-209-11-55
Murodjon Maxkamov 1980-yilda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – texnologik mashina va jihozlar, sud-avtotexnika va sud avtomobil yo‘llari eksperti. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida boshlagan.
2001–2022-yillarda Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazida laboratoriya laboranti, kichik ilmiy xodim vazifasini vaqtincha bajaruvchi, ilmiy xodim, yetakchi ekspert va bosh ekspert;
2022–2024-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i;
2024–2025-yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2026-yildan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori.
3-darajali adliya maslahatchisi.

Uzakov Uchkun Xamidovich
Direktorning ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.
Tel: 71-209-11-55
1970 yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini (kunduzgi), 2004 yilda O‘zbekiston milliy universitetini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1993 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining o‘qituvchisi vazifasidan boshlab, 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi qoshidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bo‘yicha Respublika o‘quv metodik kabinetining 2-darajali metodisti, 1995-1996 yillarda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktorining o‘rinbosari, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy tadqiqot kriminalistika markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi ilmiy xodimi, 1998-2004 yillarda ushbu laboratoriyaning katta ilmiy xodimi, 2004-2007 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyatlararo bo‘limi ilmiy xodimi, 2007-2012 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2012 yilning may-noyabr oylarida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyatlararo bo‘limining mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2012 yilning noyabr-dekabr oylarida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri, 2012-2013 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining o‘rinbosari, 2013-2018 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining direktori, 2018-2019 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2019 yil 28 maydan buyon X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining Ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
U. Uzakov 2-darajali adliya maslahatchisi.

Negmatov Otabek Ilxomovich
Innovatsiyalar, moliya-xoʻjalik va tijorat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari.
Tel: 71-209-11-55
1982-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, maʻlumoti oliy, 2004-yilda Termiz universitetini, 2009-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.
U mehnat faoliyatini 2000-yilda “OʻzSavdogarbank” Samarqand viloyat boʻlimidan boshlab, 2002-2006-yillarda Samarqand viloyati prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Bogʻishamol tuman va Samarqand shahar boʻlimlarining ish yurituvchisi, 2006-2010-yillarda Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi bosh mutaxassisi, 2010-2014-yillarda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining yetakchi, bosh maslahatchisi, 2014-2019-yillarda Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasining boʻlimi boshligʻi va boshqarma boshligʻi oʻrinbosari hamda 2019-2022-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Uchtepa tuman adliya boʻlimi boshligʻi, 2022-yil 23-iyundan Toshkent shahar adliya boshqarmasi Yunusobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi lavozimilarida ishlagan.
2024 yil 24 maydan buyon X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining Innovatsiyalar, moliya-xoʻjalik va tijorat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
O.Negmatov 2-darajali adliya maslahatchisi.