Sud ekspertlik ilmiy tadqiqot instituti direktori
Maxkamov Murodjon Zaxidovich
Tel: +998 71 209 11 55
ichki 153
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud-ekspertiza markazining sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 704-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud-ekspertiza markazining sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan tashkil etilgan.
Qarorga asosan Institut sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi.
Shuningdek, sud-ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalaridan ekspertlik amaliyotida foydalanishni kengaytirish maqsadida Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etilgan.
Institut direktorining asosiy vazifalari
- Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;
- Institut faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Institut xodimlarining ishini tashkil qilish;
- Davlat sud-ekspertiza muassasalaridan taqdim etilgan uslubiyotlarni, shuningdek Institut tomonidan tayyorlanadigan uslubiyotlarning sifatli ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
- O‘z faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “Yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etish;
- Institutning mavzu rejasida nazarda tutilgan ilmiy-tadqiqot, davlat ilmiy- texnikaviy, amaliy, innovatsion ishlarni amalga oshirishni tashkil qilish va ularni tegishli bilim yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirish istiqbollarini belgilash, ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uslublari va vositalarini tanlash, ilmiy-texnik vazifalarni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish;
- Institutning yillik rejalari loyihalarini ishlab chiqadi va Markaz rahbariyatiga taqdim etadi;
- Iqtisodiyotning tegishli tarmog‘ini, fan va texnikani rivojlantirish bo‘yicha texnik shartlar, uslubiy va ish dasturlari, texnik-iqtisodiy asoslar, prognozlar va takliflar, boshqa rejalashtirish hujjatlari va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
- Rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda bajaruvchilarni belgilaydi;
- Institutning tematik rejasida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha ilmiy rahbarlik qiladi, ularning yakuniy maqsadlari va kutilayotgan natijalarini shakllantiradi hamda eng muhim ishlarni tashkil etish va nazorat qilishda bevosita ishtirok etadi;
- Institutning bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari va birgalikda ijrochilar tomonidan rejada ko‘zda tutilgan topshiriqlar, shartnoma majburiyatlari, shuningdek bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Institut tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha ilmiy hisobotlarni tasdiqlaydi va Markazning Ilmiy kengashiga taqdim etadi;
- Tadqiqot natijalarini amalga oshirish sohasini belgilaydi, tashkilotning mualliflik nazoratini ta’minlaydi va amalga oshirish jarayonida texnik yordam ko‘rsatadi;
- Institutning foydalanishida zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi va Institutning bo‘limlarini ushbu resurslar bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi;
- Fan-texnika yutuqlarini patentlash va litsenziyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi hamda ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ro‘yxatga olishga ko‘maklashadi;
- Institut ishining samaradorligini oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi;
- Institut mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi va xavfsizlik qoidalariga javob beradigan mas’ul xodimlarni tayinlash yuzasidan Markaz rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- Kadrlarni tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholashda, malaka oshirishda ishtirok etadi, Institut faoliyatining umumiy natijalariga shaxsiy hissasini hisobga olgan holda xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- Ilmiy kengash uchun materiallar tayyorlaydi va Institut xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadi;
- Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Markaz direktoriga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
- Markazning barcha (alohida) tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
- O‘z vakolatlari doirasida hujjatlarni imzolaydi va tasdiqlaydi;
- Institut xodimlarini rag‘batlantirish va mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaz direktorining buyruq va topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
- Markazning Ichki tartib qoidalari va Odob axloq qoidalari talablariga rioya qiladi;
- Institut xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirilishini tashkillashtiradi.