Fayzullayev Nurbek Abdukarim o’g’li
Bosh ilmiy xodim
Telefon:+99877-124-44-04
Elektron pochta:nurbekfayzullayev89@gmail.com
N.A.Fayzullayev X.Sulaymonova nomida Respublika sud ekspertiza markazida 2023-yildan beri ishlab kelmoqda, bunda 2023-2025 yilning mart oyigacha Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish bo’limida Kompyuter texnigi lavozimida, 2025-yilning mart oyidan buyon Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo’limida ishlab kelmoqda.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- sud ekspertizasi sohasining Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil etadi;
- Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari sohasida ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
- sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- zamonaviy fan yutuqlarini qamrab olgan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
- ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, uni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
- davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiyotlar ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli xulosalar beradi;
Bo‘lim bosh ilmiy xodimining asosiy vazifalari:
Amaliy va innovatsion xarakterdagi eng muhim ilmiy muammolar, shu jumladan ilmiy-texnikaviy dasturlar bo‘yicha tadqiqotlarga ilmiy rahbarlikni amalga oshirish;
Tadqiqot va ishlanmalarning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish, ish dasturini tayyorlashni tashkil qilish, ularni amalga oshirish usullari va vositalarini belgilash;
Tadqiqot rejalarini shakllantirishda ishtirok etish;
O‘ziga yuklangan vazifalarda boshqa muassasalar (tashkilotlar) bilan birgalikda ishlarni bajarishda ishtirok etuvchi hammualliflarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Tadqiqot va ishlanmalarning natijalarini umumlashtiradi, tugallangan tadqiqot va ishlanmalarning ilmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash doirasini belgilaydi va ishlanmalarni ishlab chiqadi va amaliyotda tatbiq etish uchun ilmiy yo‘l-yo‘riq berish.