Xalilova Nilufar Shuxratillayevna
Bo‘lim boshlig‘i
3-darajali adliya maslahatchisi
Farmatsevtika fanlari nomzodi
Tel: +998 71 209 11 55
ichki 202
e-mail: halilova79@inbox.ru
Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:
– huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bulgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizaning yangi turlarini, yangi uslubiyotlarni bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq etish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;
– Markazning mavjud uslubiyotlarini tanqidiy ko‘rib chiqish orqali xalqaro talablarni hisobga olgan holda qayta ishlab chiqishda ishtirok etish;
– nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashishni amalga oshirish;
– sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalarni tayyorlash;
– fan va ta’lim muassasalari bilan aloqani kuchaytirish;
– bo‘lim ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar ijrosini ta’minlash va rahbariyatga tahliliy ma’lumotlar kiritib borish;
Markaz va Isntitutning ish rejalarini tuzishda ishtirok etish, ularning ijrosini ta’minlash;
– Markaz Ilmiy kengashining majlislari va rahbariyat huzurida o‘tkaziladigan tezkor majlislarda qatnashish;
– bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan statistik hisobotlarni tayyorlash;
– bo‘limda ijro intizomiga rioya silinishini va ijro intizomini mustahkamlash masalasida rahbariyatga takliflar kiritish;
– Markazning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar sohasida laboratoriyalar va bo‘limlar tomonidan olib boriladigan ilmiy faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
– Ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chidib, Markaz ilmiy faoliyatining birinchi va ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejalarini ishlab chiqish va natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
– Markazning laboratoriya va bo‘limlari, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mustaqil ravishda izlanishlar olib borish;
– Markazning laboratoriya va bo‘limlari bilan birgalikda ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, uchrashuvlar, boshqa ilmiy tadbirlar tashkil etish va boshqalar.
Bo‘lim boshlig‘i
Institut bo‘lim boshlig‘i rahbar xodimlar toifasiga kiradi.
Institut bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qoida tariqasida fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, magistrlik darajasi yoki ekspertlik lavozimida 10 yildan ortiq ish stajiga, ilmiy ishlarga, ilmiy va tashkiliy ishlarda kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Lavozimga tayinlash va undan ozod qilish Markaz direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Institut bo‘lim boshlig‘i bilishi kerak:
Tegishli bilim sohasining ilmiy muammolari, fan va texnika, yuqori organlar, ushbu masalalar bo‘yicha mahalliy va xorijiy yutuqlar.
Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni tashkil etish, rejalashtirish va moliyalashtirish o‘tkazish va amalga oshirishning belgilangan tartibi.
Boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda ishlarni bajarishda shartnomalar tuzish va bajarish tartibi.
Bo‘limning ilmiy jihozlari, uni ishlatish qoidalari.
Asbob-uskunalar, materiallar va boshqa ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun arizalarni rasmiylashtirish tartibi.
Mehnat qonunchiligini.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari.
Institut bo‘lim boshlig‘i institut direktoriga bo‘ysunadi.
Institut bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan vaqtda (mehnat ta’tili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning vazifasini Markaz direktorining buyrug‘iga asosan Institutning boshqa xodimlaridan biri bajaradi. U o‘ziga yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarish uchun javobgardir.
Majburiyatlari
Institut bo‘lim boshlig‘i o‘z vazifasini bajarmaganligi (loyiq bajarmaganligi) uchun ushbu lavozim tavsifida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan chegaralar doirasida javob beradi.
Qabul qilingan topshiriqlar va ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida shuningdek to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash;
Institut direktorining buyruqlari, ko‘rsatmalariga rioya qilish.
Institutda o‘rnatilgan ichki mehnat qoidalarini, yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik qoidalarini buzmaslik.