
Ochilov Suxrob O‘ktamovich
Xorazm viloyat bo‘lim mudiri
RSEM ning Xorazm viloyat bo‘limi 2001-yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab bo‘linmada avtotexnika ekspertizasi bo‘yicha bitta mutaxassis, ya’ni O‘razaliev Alisher Abdrimovich kichik ilmiy xodim vazifasida faoliyat boshlagan.
Bo‘linmada 2003-yildan boshlab sud iqtisodiy va sud qurilish-texnik ekspertizalari ham bajarila boshlandi. Shu yildan boshlab bo‘limda Xasanov Kudrat Axmedovich va Yakubov Boltaboy Solaevichlar kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshladilar. 2005 yildan boshlab bo‘linmada 0.5 stavkada laborant faoliyat boshlagan.
Hozirgi kunga kelib bo‘limda bo‘lim mudiri (Ochilov Suxrob O‘ktamovich), 2 ta katta ekspert (U.X.Jumaniyozov, X.Z.Sapaev), 3 ta ekspert (H.I.Yuvbasarov, О.G.Qalandarov, M.M.Axmedov), 2 ta Ish-o‘rganuvchi ekspertlar (X.I.Xaitov, A.J.Ashirova) va 1 ta ish yurituvchi laborant (D.A.Raximova) hamda 1 ta DNK laboratoriyasi laboranti (N.X.Egamova tug’ruq ta’tilida, xozirda I.I.Shomurotov), 1 ta farrosh (M.Durdiyeva) lavozimlarida jami 11 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelishmoqda.
Hozirga vaqtda RSEM ning Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari o`n olti turdagi ekspertizalar bajarilib kelinmoqda.
Faoliyati: ushbu bo‘limda sud ekspertizalarning quyidagi turlari:
- Matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqot qilish eksperizasi (13.1);
- Transport vositalarining texnik holati tadqiqotlari (13.2);
- Transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar mikdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqot qilish eksperizasi (13.3);
- Transport vositalari va ular izlarining trasologik tadqiqot qilish eksperizasi (14.1);
- Vosita, asbob va ular qoldirgan izlarni tekshirish, qulflarning trasologik ekspertizasi, buzish qurollari izlarining trasologik ekspertizasi, plombalar va berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasi, tugun va sirtmoqlarning trasologik ekspertizasi (4.3);
- Transport vositalari izlarining tadqiqotlari (4.6)
- Sovuq qurollarning tadqiqotlari (54.1)
- Qurilish ob’ektlarini tadqiqot qilish eksperizasi (16.1);
- Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqni tadqiqot qilish eksperizasi (16.3);
- Yer ob’ektlarini tadqiqot qilish eksperizasi (31.1);
- Sud- buxgalteriya ekspertizasi (17.1);
- Sud-moliya-kredit ekspertizasi (18.1);
- Sud-mexnat iqtisodiy ekspertizasi (19.1);
- Sud-rejali iqtisodiy ekspertizasi (20.1);
- Sud-iqtisodiy statistika ekspertizasi (21.1);
- Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy (22.1);
- Sanoat mahsulotlarini tovarshunoslik (24.1);
- Sud-soliq ekspertizasi (51.1);
- Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi (52.1);
- Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash sud iqtisodiy ekspertizasi (53.1);
- Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi (62.1);
- Audiovizual dasturiy mahsulotlarning tadqiqoti (64.1);
- Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi (29.1);
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Taraqqiyot ko‘chasi 16 a-uy.
Telefon: (71) 209-01-47.
Elektron manzil: xorazm@sudexmail.uz, xorazmrsem@exat.uz