Buxoro viloyat bo‘limi

Ochilov Farxod Murtazoyevich

 

 

 

Ochilov Farxod Murtazoyevich

Buxoro viloyat bo‘lim mudiri

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining  malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazining Buxoro viloyat bo‘limi 2017 yildan ish boshlagan, xozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: muhandis, iqtisodchi, quruvchi, lingvist, elektr muhandisi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, besh nafar ekspert va ish yurituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

Faoliyati: ushbu bo‘limda

Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:

  • Yoʻl-transport hodisasi mexanizmining matematik usullari tadqiqotlari;
  • Transport vositalarining texnik holati tadqiqotlari;
  • Transport-trasologik tadqiqotlar;
  • Transportni baholash tadqiqotlari;
  • Transport vositalari boʻyalganligini aniqlash tadqiqoti;
  • Transport vositalari yurgan masofasini aniqlash tadqiqoti;

 

Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi:

  • Vosita, asbob va ular qoldirgan izlarni tekshirish, qulflarning trasologik ekspertizasi, buzish qurollari izlarining trasologik ekspertizasi, plombalar va berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasi, tugun va sirtmoqlarning trasologik ekspertizasi;
  • Transport vositalari izlarining tadqiqotlari;
  • Avtotransport vositalari agregatlari va qismlaridagi markirovka belgilarini trasologik tadqiqot qilish;

Sud qurilish-texnik ekspertizasi:

  • Qurilish obyektlari tadqiqotlari;
  • Yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish;

Sud yer ekspertizasi:

  • Qurilish obyekti joylashgan yer uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash;,

Sud iqtisodiy ekspertizasi

  • Sud-buxgalterlik tekshirish;
  • Sud-moliya-kredit tekshirish;
  • Sud-mehnat-iqtisodini tekshirish;
  • Sud-iqtisodiy rejani tekshirish;
  • Sud-iqtisodiy statistikani tekshirish;
  • Tashqi savdo faoliyatning sud-iqtisodiy tekshirish;
  • Soliq tekshiruvlarini asosligini va soliqlar hisoblanishini tadqiq qilish ;
  • Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash;
  • Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy tadqiqotlar;

 

Sud tovarshunoslik ekspertizasi:

  • Sanoat mahsulotlarini narxini tadqiqot qilish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari narxini tadqiq qilish;
  • Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi tadqiqoti;

Sud-lingvistik ekspertizasi:

  • Sud-lingvistik tadqiqotlari;
  • Sud-filologiya tadqiqotlari;

Sud-yong‘in texnikaviy ekspertizasi:

  • Yong‘in markazini olovning tarqalish yo‘llari va vaqtini, sababini tadqiqot qilish;
  • Elektrotexnik sabablarga koʼra kelib chiqqan yongʼinlar tadqiqoti;
  • Yongʼin yuklamasini tekshirish;
  • Oʼz-oʼzidan yonib ketish xususiyatiga ega yongʼin (yuklama)larni tekshirish;

Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi:

  • Elektr oʼtkazgichlardagi (qisqa tutashuv, yuqori oʼtuvchi qarshilik, ortiqcha yuklama, kuchlanishning kamayib kupayib ketish holatlari bilan bogʼlik) avariya holatlar tadqiqoti;
  • Elektr moslama, jihoz va elektr uskunalaridagi avariya holatlar tadqiqoti;

 

 

Manzil: Buxoro shahri, Ibn Sino ko’chasi 2-uy

Aloqa ma’lumoti: (71) 209-01-51

Elektron manzil: buxoro@sudex.uz, buxoro@sudexmail.uz