Abdurasulov Abdumannop Isakovich
Jizzax viloyat bo‘lim mudiri
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Jizzax viloyat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarori bilan 2017-yilda RSEMning Jizzax viloyat bo‘limi sifatida, Jizzax viloyati Jizzax shahrida tashkil qilingan. Bo‘lim Jizzax viloyatining huquq-tartibot organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda bo‘limda quyidagi ekspertiza turlari bajarilmoqda:
Sud-avtotexnika ekspertizasi:
- Yoʻl-transport hodisasi mexanizmining matematik usullari tadqiqotlari;
- Transportni baholash tadqiqotlari;
- Transport vositalari oynalari tusi oʻzgartirilganligini aniqlash tadqiqoti;
- Transport vositalari boʻyalganligini aniqlash tadqiqoti;
- Transport vositalari yurgan masofasini aniqlash tadqiqoti;,
Sud-qurilish texnikaviy ekspertizasi:
- Qurilish-texnikaviy tadqiqotlar;
- Sud-yer ekspertizasi tadqiqotlari;
- Yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash tadqiqotlari
Sud-xatshunoslik ekspertizasi:
- Hujjatlar rekvizitlarining tadqiqotlari
- Pul birliklarini tayyorlash usullarini aniqlash tadqiqotlari
- Sud-xatshunoslik tadqiqotlari
Sud iqtisodiy va tovarshunoslik ekspertizasi:
- Sanoat mahsulotlari boʻyicha tovarshunoslik tadqiqotlari;
- Oziq-ovqat mahsulotlari narxini aniqlash boʻyicha tovarshunoslik tadqiqotlari
- Sud-buxgalteriya tadqiqotlari;
- Sud-moliya kredit tadqiqotlari;
- Sud-mehnat iqtisodiy tadqiqotlari;
- Sud-rejali iqtisodiy tadqiqotlari;
- Sud-iqtisodiy statistika tadqiqotlari;
- Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy tadqiqotlari;
- Sud-soliq tadqiqotlari (soliq tekshiruvlarini asosligini va soliqlar hisoblanishini tadqiq qilish).
RSEM Jizzax viloyat bo‘limi yuqorida ko‘rsatilgan ekspertiza turlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga mutaxassis fikrlari berib kelmoqda.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Jizzax viloyat bo‘limida sud-avtotexnika ekspertizasi bo‘lim mudiri A.Abdurasulov tomonidan, sud qurilish-texnikaviy va yer ekspertizalarini bo‘lim yetakchi eksperti B.Zulfiqorov tomonidan, sud-xatshunoslik ekspertizasini bo‘lim eksperti A.Boboyorovlar tomonidan sud iqtisodiy va tovarshunoslik ekspertizasini bo‘lim eksperti B.Turdimurodov tomonidan tadqiqotlar olib boriladi.
Manzili: 130100, Jizzax viloyat, Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, X.Nosirov ko‘chasi 5-uy.
Aloqa ma’lumoti: Tel: (71) 209-01-97
Elektron manzili: jizzax@sudexmail.uz
