Tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limi

Murodullayev Nurjahon Yunus Oʻgʻli

 

 

Murodullayev Nurjahon Yunus oʻgʻli

Tashkiliy nazorat va tahlil bo’limi boshlig’i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 180

Tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limi Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bo‘lim Markazda ish yuritish faoliyatiga, shuningdek Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlarining devonxona, arxiv, nazorat-tahlil va huquqiy statistika faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Markaz va Markazning tarkibiy bo‘limlarida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash;

Markaz ish rejalarini tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish;

Markazning Ilmiy kengash majlislari va Markaz rahbariyati huzurida o‘tkaziladigan tezkor majlislarni o‘tkazilishini ta’minlash;

Markaz rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruhlari, shuningdek boshqa tadbirlar yuzasidan hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni tahlil va nazorat qilishni amalga oshirish;

Markazning tarkibiy bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, Markaz binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish.

Skip to content