Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Sud-huquq sohasi ham bu islohotlardan chetda qolmadi. Bilamizki, inson taqdiri, uning manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shu boisdan sud ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazilayotgan har qanday tadqiqot natijasi yurtimiz fuqarolarining taqdiriga u yoki bu ma’noda daxildordir – desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning bevosita tashabbuslari va rahbarligida 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatimizdagi barcha sohalar kabi sud huquq tizimining ajralmas qismi, yani muhim bo‘g‘inlaridan biri sanalgan sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham zaruriy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayniqsa, oxirgi yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi uchun tarixiy bo‘ldi.
Hususan, 2019 yilning 17 yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4125-son qaroriga muvofiq amaliyotda ilk bor nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratildi.
Unga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga sud ekspertizalarining 44 ta turini o‘tkazish huquqini berildi, ularning qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tashkil qilish hamda sud eksperti sertifikatini olgan shaxslarning Yagona reestrini va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingini yuritish belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan 2019-2020 yillarda sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 25 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi va unga asosan sud-ekspertiza xizmatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, amaliyotga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, sud ekspertizalarining turlarini kengaytirish, ularning sifati va ishonchliligini oshirish, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud-ekspertlik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari belgilandi.
Shuningdek, Prezident qarorlariga muvofiq Markaz xodimlarning ijtimoiy muhofazasi, moddiy ta’minoti tubdan yaxshilandi va eng muhimi Hukumatimiz 2019 yil 20 apreldagi 338-son qaroriga asosan moddiy-texnika bazani modernizatsiya qilish va zamonaviy laborator uskunalar bilan jixozlash uchun 3 mln. 326 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga Markaz tuzilmasiga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan xolda o‘zgartishlar kiritilib, Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar, Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish, Sifat menejmenti, Ishlar boshqarmasi, Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi, Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi, Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi kabi bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilib, xodimlar shtat birligi sezilarli darajada oshdi.
Jumladan, Markazning Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini 2019 yilda 45 turdagi 182 ta asbob va uskunalar,
47 turdagi 443 ta maxsus mebellar, reagent va sarf materiallari bilan ta’minlash uchun 2 674 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.
Markaz tomonidan, asbob va uskunalar hamda mebel jihozlarini dastlabki narxini aniqlash bo‘yicha marketing olib borilib, zarur bo‘lgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi loyihalar va import shartnomalarni kompleks ekspertiza qilish markaziga taqdim qilinib ijobiy xulosa olin.
Xulosadagi narxlar yana qo‘shimcha ravishda o‘rganilib, pasaytirilgan narxda tender savdolariga 2 568 663 AQSh dollari miqdorida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalariga e’lon berildi.
On-line tarzda bo‘lib o‘tgan tender savdolari yakuniga ko‘ra 1 919 454 AQSh dollari miqdorida shartnomalar imzolanib, ajratilgan mablag‘larga nisbatan 754 546 AQSh dollari miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.
2020 yilda Markazning Sud-ballistika va trasologik ekspertizasi laboratoriyasi, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi, Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi, Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi, Sud-qurilish texnik ekspertizasi laboratoriyasini
14 turdagi 20 ta asbob va uskunalar xaridi uchun 652.000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratililishi belgilangan.
Belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender va auksion savdolari natijasida Markazning Sud-fonografiya, Sud-avtotexnika va Sud-ballistika ekspertizasi laboratoriyalari uchun asbob-uskunalar xaridi bo‘yicha 168 071 AQSh dollariga shartnoma tuzildi.
Eng muhimi, qayd etib o‘tilgan yo‘nalishning amaliy natijasi sifatida 2019 yilning aprel oyida Markazning yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan ixtisoslashgan binosida ish faoliyatimizni boshladik.
Bino 4 blokdan iborat bo‘lib, unda sud ekspertizaning barcha turlarini o‘tkazish imkoniyati, 3-ta o‘quv zal, 1 tadan katta anjumanlar va davra suhbatlar zali hamda to‘liq jihozlangan ekspert honalari mavjud.
Markazga optik aloqa tarmog‘i va ichki lokal tarmoqlari o‘rnatildi hamda internet 40 Mb/s bo‘lgan tezlikka ulandi.
Shuningdek, Markazda axborot xavfsizligi ta’minlash va unga rioya etilishini so‘zsiz ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi siyosatini va zarur hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.
Markazda ekspertiza uchun ashyoviy dalillarni identifikatsiyalash (ID raqam va shtrix kod yordamida) dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Sud ekspertiza muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura hamkorligida, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturda:
sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish;
ekspert xulosalarini ro‘yxatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qo‘shimcha materiallar taqdim etilishini so‘rab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish;
ko‘rilayotgan ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan tomonlardan birining yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadqiqot ob’ektlarini shifrlash (kodlash) tizimini to‘liq joriy etish;
sud ekspertizalarini o‘tkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini to‘xtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyatini yaratish belgilangan.
Shunga ko‘ra, mazkur Dastur “BePro dasturchilar markazi” MChJ tomonidan ishlab chiqilib, Markaz va uning viloyat hududlarida ishga tushirildi. Hozirda Markaz bilan ekspertiza tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan organlarni integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Albatta mazkur elektron tizim ishga tushishi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va sud ekspertiza muassasalarining o‘zaro hujjat aylanishida va uni havfsizligini ta’minlashda ijobiy natijalarga erishiladi.
Bundan tashqari, Sud ekspertlarining ish jarayonini yengillashtiradi, ortiqcha vaqt va qog‘oz isrofgarligini oldi oladi. Pirovard natijada ekspertr xodimlarga yanada ko‘proq ekspertiza tadqiqotlarini olib borishga hamda ilmiy ishlar bilan shug‘illanishiga imkon yaratadi.
Shu bilan birga sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (ma’lumotlar bazalari) va boshqa xalqaro ma’lumot-huquqiy tizimlarini xarid qilish va kelgusida yangilab borish yuzasidan adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan dastur asosida ishimizni tashkil etdik.
Unga ko‘ra, “Yazыkoznanie”, “Qurilish” elektron jurnallar kolleksiyasini, narkotik vositalarni identifikatsiyasi uchun mo‘ljalangan “AIPSIN-antinarkotiklar” axborot-qidiruv tizimini xarid kilish va yangilab borish, YeVSSO kompaniyasining elektron ma’lumotlar bazalariga hamda boshqa elektron malumotlar bazalariga ulanish belgilandi.
Natijada EBSCO kompaniyasining (https://search.ebscohost.com), hamda boshqa elektron ma’lumotlar bazalarining (https://www.book.ru, https://www.proquest.com, https://academic.oup.com, https://www.jstor.org, https://www.polpred.com, https://biblio-online.ru, https://dlib.eastview.com, https://e.tspor.ru) login va parollari olinib, Markazning Axborot resurs markaziga xizmatda foydalanish uchun joylashtirildi.
Shu bilan birga, Belarus Respublikasining “BelXardGrupp” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan muzokaralar olib borilib, ushbu jamiyatning narkotik vositalari identifikatsiyasi uchun ishlab chiqilgan “AIPSIN-antinarkotiklar” axborot-qidiruv tizimi Markaz faoliyatiga joriy etildi.
Bundan tashqari, Markazimizning Axborot resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona fondiga ulandi va alohida login orqali kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Demak, bizning ekspertlar, o‘z ish joyidan turib qiziqtirgan adabiyot va ma’lumotni onlayn qidirish va o‘qish imkoniyatiga egadir. Bu ekspertlar tomonidan beriladigan xulosalarning sifatli va jahondagi yangi uslubiyotlarga tayangan holda chiqarilishini ta’minlaydi.
Bir so‘z bilan aytgana, yuqoridagi ishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, islohotlar davom etmoqda, bu yo‘nalishdagi ishlar fuqarolarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash, sud-huquq sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’biiy.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Xadicha Sulaymanova nomidagi
Respublika cud ekspertizasi markazi
direktori o‘rinbosari
T.Orziev