Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash bo‘yicha masofaviy ta’lim kursini tashkil etish
Masofaviy ta’lim tizimi – axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy kasbiy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot ashyolari, o‘zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidan iboratdir.
Tinglovchi ushbu tizim orqali masofaviy qayta tayyorlash kursida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tizimning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonini individuallashtirish hamda differensiyalashtirish tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim sifatini oshirish, tinglovchilar uchun masofaviy ta’lim olish/berish imkoniyatini yaratish, ta’limning turli shakllarini o‘zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Tizimdan foydalanish tartibi
Tizimdan foydalanish uchun birinchi navbatda, masofaviy ta’lim olish guruhiga belgilangan tartibda rasmiylashtirish orqali a’zo bo‘lish va login-parolga ega bo‘lish lozim.
Kursning maqsadi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud ekspertlarining malakasini oshirish markazida masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini qayta tayyorlashdan iborat.
Kursning vazifalari
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud ekspertlarining malakasini oshirish markazida masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash bo‘yicha masofaviy o‘quv jarayonlarini tashkil etishdan iborat.
Kursining maqsadi bo‘yicha masofaviy ta’limni amalga oshirish
TIZIMI
1-qadam. Markaz tomonidan berilgan “Login” va “Parol” orqali tizimga kirib shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish.
2-qadam. Tinglovchi sahifasidan “Kirish testi” sahifasiga o‘tish.
3-qadam. Masofaviy o‘qitish tizimini boshlash uchun kirish testini topshirish.
4-qadam. O‘qish davomida mavzular yuzasidan tayyorlangan materiallar o‘zlashtirib boriladi va har bir mavzu yakunida nazorat savollariga javob beriladi.
5-qadam. Har bir modul yakunida oraliq test sinovlari topshiriladi.
6-qadam. Berilgan muddatda barcha modullar o‘zlashtirilib bo‘lgandan so‘ng yakuniy test topshiriladi.
7-qadam. Yakuniy testni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga kursni tamomlganliklarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.