Sud xatshunoslik ekspertizasida qat’iy xulosalar ahamiyati

       Bugungi kunda ekspertiza turlari ichida sud xatshunoslik ekspertizasining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabr 321-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi Markaz hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi o‘z navbatida sud xatshunoslik ekspertizasining takomillashishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda Markazning “Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasida sud xatshunoslik ekspertizasi bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilib xulosalar berib kelinmoqda.

Sud xatshunoslik ekspertizasi sohasida berilayotgan qat’iy xulosalar fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va jinoiy huquqbuzarliklarni tartibga solishda, ularga nisbatan qonuniy choralarni ko‘rishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, laboratoriyaga Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB TB tergovchisining qarori bilan A.tomonidan yozilgan tilxat qayta sud-xatshunoslik ekspertizasi o‘tkazish uchun kelgan.

Avval ushbu ish yuzasidan birlamchi ekspertiza tadqiqoti Toshkent shahar IIBB EKMning eksperti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, qat’iy xulosa berilmagan. Lekin, bizning laboratoriya eksperti to‘liq taqdqiqot o‘tkazib qo‘yilgan savolga yechim topgan va mazkur ish yuzasidan o‘zining qat’iy xulosasini bergan va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilinishida o‘z xissasini qo‘shgan.

Bundan tashqari, bizning laboratoriyada qat’iy xulosalar berishda tekshirilayotgan yozuv yoki imzolar har tomonlama to‘liq o‘rganiladi.

Avvalo, taqqoslanuvchi namunalar to‘liq olinadi ya’ni, erkin, shartli erkin va tajribaviy namunalardan foydalaniladi.

Erkin namunalarni yetarli taqdim etilishi, shartli erkin namunalarni va tajribaviy namunalarni taqdim etilishi ekspertning qat’iy xulosaga kelishiga zamin yaratadi.
Shuning uchun, bizning laboratoriya ekspertlari tomonidan ehtimoliy xulosalar berilmaydi. Agar, ekspertning qat’iy xulosaga kelishida taqdim etilgan namunalar yetarli bo‘lmasa aniqlash imkoni bo‘lmaganligi haqida xulosa beriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, sud xatshunoslik ekspertizasi tayinlagan organlarga qat’iy xulosalarni taqdim etilishi fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va jinoiy huquqbuzarliklarni tartibga solishda, ularga nisbatan qonuniy choralarni ko‘rishda va fuqarolarning sarson bo‘lishini oldini olishda ahamiyatli hisoblanadi.

“Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi”
laboratoriyasi eksperti B.Mamadaliev

Skip to content