Biologik ekspertizasi

Sud-biologik ekspertizasi ikki turga bo‘linadi:

  1. a) Sud-botanik – o‘simliklar ekspertizasi;
  2. b) Sud-zoologik – jonivorlar bilan bog‘li? bo‘lgan ob’ektlar ekspertizasi.

Sud-botanik ekspertizasi ob’ektlariga o‘simlik va uning qismlari (yog‘ochi, po‘stlog‘i, poyalari, barglari, ildizi, urug‘i, mevalari, guli), o‘simlik mahsulotlari (un), yorma (krupa), kraxmal, choy, tamaki, em-xashak (pichan, silos, somon, kunjara), qog‘oz, karton, daraxtdan yasalgan buyumlar va asal kiradi.

Sud-zoologik ekspertizasi obektlariga hayvonlar juni va terisi, parrandalarning (qushlarning) pari va patlari, baliq tangachalari, hayvonlar axlati, hasharotlar kiradi. Hayvonlar juni yo‘l-transport hodisalarida kiyim tolalari, lak-bo‘yoq, shisha zarrachalari va yog‘-moy materiallarining izlari bilan birga uchrashi mumkin, bunda kompleks ekspertizalar tayinlanadi.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .