Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi

Qotillik, tan jarohatini yetkazish, zo‘rlab nomusga tegish, talonchilik, yo‘l-transport hodisalari singari jinoiy ishlarni tergov qilishda poyafzal, kiyim, transport vositalari qismlari va h.k. kabi har xil buyumlardagi tuproq qoldiqlari ko‘p uchraydigan ashyoviy dalillar jumlasiga kiradi.
Qonunbuzarlar har xil to‘siqlardan o‘tganda, yerda harakat qilganda va muayyan joylarda bo‘lganida ust-kiyim, poyafzal, jinoyat sodir qilish qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlarida, transport vositalarining qismlarida tuproq zarralari qoladi.
Tuproq qismlarining kriminalistik tadqiqoti natijalari asosida kishining yoki buyumning, atrof-muhitning muayyan qismida bo‘lganligi faktini aniqlash imkoniyati ushbu ekspertizaning daliliy mohiyatini tashkil qiladi.
Tergovchi yoki sud tarafidan joyning belgilab berilgan qismi, ya’ni u yoki bu voqea sodir bo‘lgan hudud sud tuproqshunoslik ekspertizasining ob’ekti hisoblanadi. Dala, poliz, bog‘, yo‘lning bir qismi, shu kabi ochiq joy yoki usti yopiq yerning bir qismi (saroy, garaj, yerto‘la, chordoq va h.k. kabi usti sun’iy yopilgan binolar) bu ob’ektlar jumlasiga kiradi.
Tduproq qismlarining kriminalistik tadqiqoti natijalari asosida kishining yoki buyumning, atrof-muhitning muayyan qismida bo‘lganligi faktini aniqlash imkoniyati ushbu ekspertizaning daliliy mohiyatini tashkil qilai.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .