Navoiy viloyat bo‘limi

Img 7704 копи

 

 

Ochilov Farrux Abdug‘aniyevich

 

Navoiy viloyat bo‘lim boshlig‘i.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Navoiy viloyat bo‘limi 2017-yil may oyida RSEMning Navoiy viloyat bo‘limi sifatida, Navoiy viloyati, Navoiy shahrida tashkil qilingan. Bo‘lim Navoiy viloyatining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: avtotex, quruvchi, xatshunos, tovarshunos faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, bir nafar yetakchi ekspert, to‘rt nafar ekspert hamda bir nafar ish yurituvchi, bir nafar laborant faoliyat ko‘rsatadi.

Faoliyati: Bugungi kunda bo‘limda sud-avtotexnika ekspertizasining quyidagi turlari:

– Yo‘l-transport hodisasi mexanizmining matematik usullari tadqiqotlari;

– Transport vositalarining texnik holati tadqiqotlari;

– Transport-trasologik tadqiqotlar;

– Transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar.

Sud qurilish-texnikaviy ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:

– Qurilish-texnikaviy tadqiqotlar;

– Sud-yer ekspertizasi tadqiqotlari;

– Yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash tadqiqotlari.

Sud-xatshunoslik ekspertizasi va hujjatlar sud-texnik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:

– Hujjatlar rekvizitlarining tadqiqotlari;

– Pul birliklarini tayyorlash usullarini aniqlash tadqiqotlari;

– Sud-xatshunoslik tadqiqotlari;

Sud-iqtisodiy va sud-tovarshunoslik ekspertizalarining quyidagi tadqiqot turlari:

– Sud-buxgalteriya tadqiqotlari;

– Sud-moliya kredit tadqiqotlari;

– Sud-mehnat iqtisodiy tadqiqotlari;

– Sud-rejali iqtisodiy tadqiqotlari;

– Sud-iqtisodiy statistika tadqiqotlari;

– Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy tadqiqotlari;

– Sud-soliq tadqiqotlari (soliq tekshiruvlarini asosligini va soliqlar hisoblanishini tadqiq qilish);

– Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqotlari;

– Tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqotlari;

– Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy tadqiqotlar;

 – Sanoat mahsulotlari bo‘yicha tovarshunoslik tadqiqotlari;

– Oziq–ovqat mahsulotlari narxini aniqlash bo‘yicha tovarshunoslik tadqiqotlari.

Shuningdek, bo‘limda yuqorida ko‘rsatilgan ekspertiza turlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga tegishli mutaxassis fikri va ekspert xulosalari berib kelinmoqda.

Bo‘limning yangi manziliga oid malumotlar: 210100, Navoiy shahar, Shabada ko‘chasi 7-uy.

Elektron manzillar: navoiy@sudexmail.uz, navoiyrsem@exat.uz navoiy@sudex.uz