Yangiliklar

TDYU talabalari bilan uchrashuv

Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetining 3-kurs talabalari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘quv seminari hamda ekskursiya tashkil etildi.
Talabalarga markazning yangi zamonaviy binosi tanishtirilib, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudirasi N.Solieva, Sud ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi mudiri E.Churyakov, Odam DNKsi va sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri A.Normatov tomonidan ushbu laboratoriyalarda o‘tkaziladigan ekspertizalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida markazning Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi xodimi A.Mamatov talabalarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .