Sudga oid tovarshunoslik ekspertizasida tovar moddiy boyliklarini baholash usullari

Mamlakatda bozor munosabatlari rivojlanib borishi barobarida unga bog‘liq ravishda tovarning erkin bozordagi harakatini ta’minlovchi xizmat ko‘rsatish turlari xilma-xilligi ham o‘sib bormoqda. Huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, sud-tergov organlarining tovarshunoslikka oid bilimlarni qo‘llashiga ehtiyoj ortib bormoqda, iqtisodiy jinoyatlarni, mulkiy nizolarni sudda ko‘rib chiqishda ob’ektiv va qonuniy ish olib borish turli ob’ektlarning tovar sifatini baholashni talab etadi. Shu sababli nizoli masalalarni odil sudlov orqali hal etish tovarshunoslik sohasiga oid maxsus bilimlardan foydalanishni talab etadi. Ish olib borishning samarasi ko‘p jihatdan mazkur ekspertiza imkoniyatlaridan qanchalik to‘liq foydalanilganligiga bog‘liq.

Mol-mulkni bo‘lish, mulkni hisobdan chiqarish, mulkka zarar yetkazganlik yoki buzganlik uchun zararni qoplash, sifatsiz mahsulotlarni realizatsiya qilganlik bilan bog‘liq fuqarolik da’vo ishlarini ko‘rib chiqishda ko‘plab ekspertizalar o‘tkaziladi.

Sudga oid tovarshunoslik ekspertizasida tovar moddiy boyliklarini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  Xarajatlar yondashuvi uslubi:

Baholash ob’ektini baholashning xarajatlar yondashuvi tovarni qayta tiklashning to‘liq xarajati yoki baholash ob’ektini tovar bahosini yo‘qotishini hisoblagan holda almashtirish xarajatlarini aniqlashga asoslanadi.

Baholash ob’ekti qiymatini baholashning xarajatlar yondashuvi quyidagi hisoblash bosqichlariga rioya etishni talab qiladi:

– tovarni qayta tiklash yoki almashtirish xarajatlarini aniqlash;

– baholash ob’ekti tovar qiymatining yo‘qotilganlik hajmini aniqlash;

– baholash ob’ekti qiymatini to‘liq tiklash yoki almashtirish xarajati o‘rtasidagi farq bilan tovar qiymatini yo‘qotish ko‘rsatkichi (eskirish koeffitsienti)ni aniqlash;

– to‘liq tiklash yoki almashtirish narxini aniqlash quyidagi metodlardan birini qo‘llash orqali amalga oshiriladi;

– o‘rtacha narx bo‘yicha almashtirish.

Almashtirish metodi tovar-moddiy zaxiralarni aynan shunday ob’ekt yoki aynan shunday ob’ektlar sotuvdan chiqarilgan bo‘lsa, shunga yaqin analoglarning sotuv narxi (savdo chegirmalari mavjud takliflar) bo‘yicha almashtirishni bildiradi.

Almashtirish metodida baholash ob’ektini to‘liq tiklash yoki almashtirish qiymati yangi aynan shunday ob’ekt yoki uning analogi narxini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Xususiyatlarda mavjud tuzatishlardan kelib chiqqan holda analog tovar narxiga tuzatish kiritish mumkin.

Baholash ob’ektini tiklashning to‘liq qiymati ob’ektning ishlab chiqaruvchi zavoddan chiqarish narxiga (yoki rasmiy dilerlar savdo narxlari) tengdir.

Analog ob’ekt O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa, mazkur analog narxiga turgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi.

Tuzatishlar quyidagi xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi:

– O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish (transport xarajatlari);

– baholash vaqtida amaldagi qonunchilik bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni bo‘lmaganda transport xarajatlari 15-son MBMSga muvofiq analog-ob’ektni sotish/taklif qiymatining 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.

O‘rtacha narx bo‘yicha baholash metodi bozorni o‘rganish va analogning o‘rtacha narxini chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Baholash vaqtida tovar qiymati yo‘qotilishi hajmi uning jismoniy, funksional va iqtisodiy qiymat yo‘qotishlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Tovar qiymatining yo‘qotilishi 100 % dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Tovar-moddiy zaxiralarning jismoniy qiymat yo‘qotilishi natijasida qiymati yo‘qolishi, baholash ob’ektining foydalanishga yaroqlilik xususiyatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, tabiiy eskirish, tabmat hodisalari, halokatlar va boshqa jismoniy ta’sir natijasida bo‘lsa.

Funksional qiymat yo‘qotish iste’mol tanlovi o‘zgarishi, texnika innovatsiyalari yoki bozor standartilaridagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladi.

Iqtisodiy qiymat yo‘qotish baholash ob’ektiga nisbatan tashqi o‘zgarishlar natijasida (shuningdek, tovar bozoridagi o‘zgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilikka oid, ekologik va boshqa sharoitlardagi o‘zgarishlar) yuzaga keladi.

Tovar qiymatining yo‘qotilishi to‘liq tiklash foizilarda yoki ulushlarida aniqlanadi (koeffitsientli ko‘rsatkich).

Xomashyo hisoblangan tovar-moddiy zaxiralar o‘zining jismoniy (texnik) xususiyatlarini yo‘qotmagan bo‘lsa, tovar qiymatini yo‘qotilishi hajmi nolga teng bo‘ladi.

Foydalilik metodi jismoniy qiymat yo‘qotishni bartaraf etish xarajatlari – yangi tovarlar olish, turli qo‘shimcha va ingridientlar qo‘shish, foydalilikni oshirish va h.k. summasi sifatida hisoblanadi.

Ekspert hisoblash metodi turli tovar guruhlari bo‘yicha jismoniy holatni ekspert baholash shkalasiga muvofiq aniqlanadi:

Funksional qiymat yo‘qotish baholash ob’ektining xususiyatlari iste’mol bozorining joriy talablariga (yaxshilanish va/yoki uning elementlari) muvofiqligi natijasida to‘liq qayta tiklash yoki almashtirish qiymatini tuzatish lozim bo‘lgan kattalik sifatida aniqlanadi.

Funksional qiymat yo‘qotish miqdorini aynan shunday ob’ekt yoki boshqa zamonaviyroq analog farqiga teng hisoblash mumkin.

Iqtisodiy qiymat yo‘qotish salbiy tashqi omillarning baholash ob’ekti qiymatiga ta’siri natijasida qayta tiklash yoki almashtirish qiymati tushirilishi hajmini o‘zida ifodalaydi. Iqtisodiy omillarga: boxordagi holat, foydalanishdagi cheklovlar, infrastrukturadagi o‘zgarishlar, qonunchilik va boshqalarkiradi.

Xarajat yondashuvini qo‘llab baholash ob’ekti qiymatini aniqlash to‘liq qayta tiklash qiymatidan (yoki almashtirish qiymati) tovar qiymati yo‘qotilishi hajmidan, uning qimmatlaganini hisobga olgan holda ayiriladi.

Qiyosiy yondashuv uslubi:

Qiyosiy yondashuv orqali qiymatni hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

– bozorni o‘rganish, tashqi bozordagi analog ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish;

– taqqoslash analoglarini tanlash;

– taqqoslanayotgan elementlarga tuzatish xarajatlari;

– avval foydalanishda bo‘lgan analog ob’ektlar narxlarini (qiymatini) tuzatish;

– baholash ob’ekti qiymatini aniqlash.

Baholash ob’ekti bozorini o‘rganish va tahlil qilish analog ob’ektlar to‘g‘risidagi bitimlar (takliflar) haqida ma’lumot olish maqsadida amalga oshiriladi.

Taqqoslash uchun analoglarni tanlash mahalliy bozorda o‘tkaziladi (import mahsulotlari analoglari uchun ham). Mahalliy bozorda analoglari mavjud bo‘lmasa, 14-va 15-sonli MBMS talablarini hisobga olgan holda xorijiy bozorlardagi analoglar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Baholash ob’ekti bilan taqqoslash birliklarini tanlash va aniqlash baholash ob’ekti o‘lchov birliklarining: og‘irlik (tonna, kg, gr, litr va h.k.), uchunlik (km, metr, sm va h.k.), o‘za (kv.m, kv.sm i t.d.) yoki ko‘plik (vagon, konteyner va h.k.) o‘lchov birliklarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Taqqoslash elementlari sifatida faqatgina narxlanadigan va quyidagi analoglarning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladigan elementlar qabul qilinadi:

– bozor sharoitlari (vaqt o‘tishi bilan narxlardagi o‘zgarishva h.k.);

– jismoniy xususiyatlar (xususiyat- yangi, foydalanilgan, tarkibi va h.k.);

– narx belgilashning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari.

Qiyosiy yondashuv metodlari yordamida baholashni o‘tkazishda baholovchi ob’ektning yakuniy qiymatiga ta’sir qiluvchi boshqa taqqoslash elementlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin. Ekspert bu haqida baholash to‘g‘risidagi hisobotga kiritishi hamda baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblashda inobatga olishi lozim.

Baholash ob’ektining qiymatini baholash uni analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash metodi orali amalga oshiriladi.

Analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash analogik mahsulotni ishlab chiqaruvchi zavod narxlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Qiyoslash yondashuvi metodlarini qo‘llashda kamida ikki baholash ob’ekti haqida ma’lumot to‘planishi zarur.

Analog ob’ektlarning taqqoslash elementlari bo‘yicha narxga (qiymat) tuzatish kiritish quyidagi qoidalardan kelib chiqib amalga oshiriladi:

– Analog ob’ektlarning taqqoslash elementlari bo‘yicha narxga (qiymat) tuzatish kiritish baholash ob’ektiga nisbatan o‘tkaziladi;

– bordiyu baholash ob’ekti taqqoslash elementlari bo‘yicha yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, u holda analog ob’ektning narxi (qiymati) tuzatish darajasida ko‘tariladi;

– bordiyu baholash ob’ekti taqqoslash elementlari bo‘yicha yomonroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, u holda analog ob’ektning narxi (qiymati) tuzatish darajasida pasaytiriladi.

Tuzatishlar foiz va/yoki pul ko‘rinishida ifodalanadi.

Qiyosiy baholash metodini qo‘llaganda, shuningdek analog ob’ektni yangi holatda to‘liq qayta tiklash qiymatining foizlarda yoki ulushlardagi tovar qiymatining yo‘qotilishini aniqlash mumkin.

Daromadlar (iqtisodiy) yondashuvi uslubi:

Daromadlar (iqtisodiy) yondashuvi potensial investor biznes uchun uni yuritish natijasida olinadigan kelgusi daromadlar miqdoridan ko‘p mablag‘ sarflamasligiga (boshqacha qilib aytganda haridor mulkni emas, balki mulkka egalik qilishdan oladigan daromadlarni qo‘lga kiritadi) asoslanadi. Daromadlar yondashuvi ob’ektning joriy bahosini kelgusi  foydalanish daromadlari yig‘indisi sifatida aniqlashdan iborat. Daromadlar yondashuvini qo‘llash uchun ob’ektni ekspluatatsiya qilishdan bir necha yil avval prognozlashtirish lozim.

Daromadlar yondashuvi doirasida ko‘proq ikki xil baholash metodidan foydalaniladi:

Pul oqimini diskontlash metodi;

Foydani kapitalizatsiyalash metodi.

Daromadga butun ishlab chiqarish yoki savdo tizimi, barcha aktivlar, bularga nafaqat mexanizmlar, mashinalar, uskunalar, mol-mulk, balki bino va inshootlar, asboblar, aylanma jamg‘armalar, nomoddiy aktivlar ham kiradi.

RSEMning Navoiy viloyat
bo‘limi tovarshunos
eksperti E.K.Shaykulov