Sud qurilish texnikaviy ekspertiza oʻtkazishda asosan 5 ta masala hal etiladi:
–Narxlash-bino va inshootlarni hisobiy bozor narxini aniqlash, taʼmirlash va qurilish ishlarining smeta hisoblari boʻyicha asosli yoki asossizligini aniqlash;
–Loyihalash-binolarni boʻlish yoki binolardan foydalanish tartibini belgilash;
–Klassifikatsiyalash-binoning qurilish, shaharsozlik va texnika xavfsizligi qoidalariga javob berish yoki bermasligi;
–Diagnostika-avariya holatlari sabablarini
–Ekspert-profilaktik-bino va ishootlarning texnik holatiga taʼsir qiluvchi avariya holatlari.
Shulardan eng koʻp tadqiqot oʻtkaziladigan turi-narxlash yaʼni bino va inshootlarni hisobiy bozor narxini aniqlash, taʼmirlash va qurilish ishlarining smeta hisoblari boʻyicha asosli yoki asossizligini aniqlash.
Bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanib borishining hozirgi davrida ekspertiza tajribasida oʼbekt bahosini aniqlashning quyidagi uslublaridan foydalaniladi:
Daromad uslubi. Bunda baholanayotgan oʼbektni narxi, undan kelgusida olish mumkin boʻlgan daromadlarni hisoblash orqali aniqlanadiyu Ushbu uslub nazariy mulohazalarga asoslanib, oʼbektni ishlab chiqarishga joriy qilishdan daromad olish imkoniyatlari yoki uni sotish bilan daromadga erishish koʻzda tutiladi.
Taqqoslash(qiyoslash) uslubi. Bunda baholanayotgan oʼbektning narxi u bilan bir xil yoki unga oʻxshash oʼbektning yaqin vaqt oraligʻida sotilish bahosidan yoki unga taklif etilgan bahodan kelib chiqiladi.
Sarf-harakatlar uslubi. Bunda baholanayotgan oʼbektning narxi, uning yemirilish darajasini hisobga olgan holda ayni shu kabi oʼbektni ishlab chiqarish (tayorlash) uchun sarf boʻladigan jami harakatlar miqdori orqali aniqlanadi.
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi
yetakchi eksperti D.Tajiyev