O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI X. SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH HAMDA SUD EKSPERTLARINING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI TASHKIL QILISH TO‘G‘RISIDA

«Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 8 fevraldagi PQ–2761-son qarori ijrosini ta’minlash, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining (keyingi o‘rinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Sud ekspertizasi markazining Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan hududiy bo‘limlari hamda Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etilsin.
  2. Quyidagilar Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish;

muntazam ravishda sud ekspertlarining nazariy va huquqiy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish;

o‘quv jarayoniga huquqiy fanlar, sud ekspertizasi va ekspertlik amaliyotiga oid ilg‘or yutuqlarni o‘rganishni joriy qilish;

sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

  1. Quyidagilar:

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

ikki oy muddatda Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan Sud ekspertizasi markazining hududiy bo‘limlarini joylashtirish va ish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni bino, mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

Sud ekspertizasi markazining yangi tashkil etilgan hududiy bo‘limlarda joylardagi ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilinishini tashkil qilsin;

sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yo‘llari ekspertizasi va sud kompyuter-texnik ekspertizasi kabi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rsin;

ashyoviy dalillarni qayd qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, tadqiqotlarning maqbul metodikalarini tanlash, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, shuningdek Sud ekspertizasi markazini zamonaviy dasturiy ta’minot bilan ta’minlash maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirsin;

bir oy muddatda, ushbu qarordan kelib chiqib, Sud ekspertizasi markazi ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilda va har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda, asoslangan hisob-kitoblarga binoan, Sud ekspertizasi markaziga ushbu qarorning ijrosini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 14 noyabrdagi 321-sonqaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 46-47-son, 522-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017 yil 13 aprel,

206-son

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 271-moddasiga muvofiq davlat sud ekspertlarining malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borish tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat sud eksperti (keyingi o‘rinlarda sud eksperti deb ataladi) — davlat sud ekspertiza muassasasining o‘z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o‘tkazuvchi sud eksperti;

sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat;

vazirliklar va idoralar — sud ekspertizasi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar.

  1. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
  2. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
  3. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazida (keyingi o‘rinlarda O‘quv markazi deb ataladi) vazirliklar va idoralarning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim qilinadigan buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi.
  4. O‘quv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish xarajatlari, shuningdek O‘quv markaziga asosiy ishdan ajralgan holda boshqa hududlardan yuborilgan sud ekspertlarining o‘qish joyiga kelishi va u yerdan qaytishi bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari, xizmat safari bo‘yicha xarajatlar vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
  5. Sud ekspertlari har ikki yilda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart.
  6. Malakani va huquqiy bilimlarni oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari uchun tashkil qilinadi.
  7. Vazirliklar va idoralar:

sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimida o‘qishi lozim bo‘lgan sud ekspertlarining ehtiyojini aniqlaydi va tarkibini shakllantiradi;

huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda O‘quv markaziga tashkiliy-metodik jihatdan ko‘maklashadi;

sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;

sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv jarayoni sifatini monitoring qiladi.

  1. Vazirliklar va idoralar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mas’uldirlar.

2-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi va vazifalari

  1. O‘quv jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va huquqiy bilimlar hamda mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni muntazam ravishda yangilab borish sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi hisoblanadi.
  2. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning vazifalari hisoblanadi:

sud ekspertlarining kasbiy va huquqiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy va huquqiy tayyorgarlikni oshirish;

malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish;

sud ekspertlari tomonidan zamonaviy multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish;

sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash, sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

3-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish shakllari

  1. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshiriladi.
  2. Bevosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarni oshirish quyidagicha tashkil qilinadi:

o‘quv jarayonida ishtirok etish — o‘quv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

davlat sud ekspertizasi muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tash — sud ekspertlarining amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash.

Sud ekspertlari malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tashni xorijiy davlatlarning sud ekspertlari malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda vazirlik, idoralar va davlat sud ekspertizasi muassasalari bilan xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan sud ekspertizasi muassasalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida amalga oshirishlari mumkin.

  1. Bilvosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarini oshirish — sud ekspertlarining masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim, o‘z bilimini mustaqil oshirishi, tajriba almashishi, davlat sud ekspertizasi muassasalari va O‘quv markazi tomonidan tashkil etiladigan ekspertlarning seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etishi va ma’ruzalar bilan chiqishi orqali amalga oshiriladi.
  2. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadi va asosiy ishdan ajramagan holda tashkil etiladi.

Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim tegishli o‘quv dasturi asosida tashkil qilinadi hamda malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malakani va huquqiy bilimlarni oshirish bevosita shaklining takribiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin.

  1. Sud ekspertlari o‘zining bilim, ko‘nikma va malakasini mustaqil tarzda oshirib borishlari shart. Mustaqil ta’lim sud-ekspertlik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

4-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi

  1. O‘quv jarayonini tashkil etish O‘quv markazi hamda vazirliklar va idoralar tomonidan Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga javob beradigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
  2. O‘quv jarayoni guruh tarkibida sud ekspertizalarining bir turi bo‘yicha tashkil etiladi.
  3. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishni samarali tashkil qilish uchun O‘quv markazi hamda vazirliklar va idoralar:

o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, sud ekspertizalarining turlari bo‘yicha tahliliy qobiliyatlarni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan alohida o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan aloqasini ta’minlaydi, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini, mustaqil ta’limni, o‘quv jarayonini sud ekspertizasi faoliyatidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilganligini kuchaytiradi, o‘quv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar natijalari, pedagogik texnologiyalar, mashg‘ulotlar o‘tkazishning samarali shakl va uslublarini joriy etadi;

sud ekspertlari tomonidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilg‘or amaliy tajribalar, shuningdek ish faoliyatlarida axborot-texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlaydi;

o‘quv jarayoniga ta’limning interfaol usullari, zamonaviy pedagogika texnologiyalarini, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib, axborot-kommunikatsiya va masofali ta’lim texnologiyalarini tatbiq qiladi;

mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, uslubiy va texnik yangiliklar, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi hamda o‘quv jarayoniga joriy qiladi;

sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, shu soha bo‘yicha tajriba almashishni tashkil qiladi;

o‘quv jarayoniga oid maxsus fanlar bo‘yicha adabiyotlarni ishlab chiqadi;

sud ekspertizasi tadqiqotlari metodikalarini takomillashtirish, yangi turdagi ekspertizalarni joriy qilish, o‘quv jarayonini rivojlantirishga oid mavzularda konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil qiladi hamda bunday anjumanlarda ishtirok etadi;

o‘quv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi.

  1. O‘quv jarayoni muayyan yo‘nalish bo‘yicha siklik mashg‘ulotlar (kun davomida boshqa turdagi mashg‘ulotlarga jalb etmasdan) tarzida amalga oshiriladi.
  2. Sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
  3. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga binoan Sud ekspertizasi markazi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshiriladi.
  4. O‘quv markaziga sud ekspertlarini qabul qilish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
  5. Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni o‘tayotgan sud ekspertlariga o‘qishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
  6. O‘quv markaziga jalb qilingan sud ekspertlari o‘quv jarayonidan quyidagi holatlarda chetlashtiriladi:

Sud ekspertizasi markazining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;

o‘quv dasturlarini o‘zlashtirmaganlik uchun;

uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan ko‘p o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirganlik uchun.

Uzrli sabablarga ko‘ra yoki o‘qishning davriyligi va talablariga binoan o‘qishni davom ettira olmagan sud eksperti o‘z arizasiga ko‘ra o‘quv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin.

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni davom ettira olmagan sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan o‘quv guruhlarida o‘qish imkoni beriladi.

  1. O‘quv markaziga jalb qilingan sud ekspertlarini o‘quv jarayonidan chetlashtirish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda vazirliklar va idoralarga xabar beriladi.

5-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonining muddati va davomiyligi

  1. Vazirliklar va idoralar tomonidan sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftadan kam bo‘lmasligi kerak.
  2. O‘quv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.
  3. O‘quv jarayoni haftasiga ko‘pi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.
  4. Masofali ta’limda o‘qitish muddati o‘quv jarayoni muddatiga mos holda akademik soatlar bilan aniqlanadi.

6-bob. Sud ekspertlari bilimini baholash

  1. O‘quv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlarini baholash yakuniy nazoratlar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Malakani oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat vazirliklar va idoralarda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari uchun –O‘quv markazida) test yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

Huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat O‘quv markazida test yoki yozma imtihon hamda o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat shaklida o‘tkaziladi.

  1. Yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari va Sud ekspertizasi markazi direktorining buyruqlari bilan komissiyalar tashkil etiladi.

O‘quv markazida tashkil etiladigan komissiya tarkibiga vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.

Yakuniy nazoratlar natijalari komissiyalar a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi.

  1. O‘quv jarayoniga jalb etilgan va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan sud ekspertlariga tegishli komissiyalar tomonidan ushbu Nizomga 2, 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha sertifikatlar beriladi.
  2. Yakuniy nazoratlardan o‘ta olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra ularda ishtirok eta olmagan sud ekspertiga, uning arizasiga binoan, uch kun muddatda tegishli yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.
  3. Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda malakasini va/yoki huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratlardan takroran o‘ta olmagan xodimlar malaka va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan deb hisoblanadi.

Huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlar haqidagi ma’lumotnoma Sud ekspertizasi markazi tomonidan zarur choralar ko‘rish uchun vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

  1. Malakani va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlarning sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda ularni sud-ekspertlik faoliyatiga jalb qilish taqiqlanadi.

 

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida o‘qishni tashkil qilish bo‘yicha buyurtma shakli

 

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori
________________________ga

Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida o‘qishni
tashkil etish bo‘yicha
BUYuRTMA
Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida quyidagi xodim(lar)ni o‘qitish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rayman:
T/r Xodim(lar)ning F.I.O. Xodim(lar)ning lavozimi va maxsus unvoni Mutaxassislik yoki yo‘nalish nomi
1.
2.
3.
4.
5.
______________________ ________________ ______________________
(rahbar lavozimi) (imzo) (F.I.O.)

 

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

 

_____________________________________________________________
(sud ekspertizasi muassasasiga ega bo‘lgan tashkilotning nomi)
Davlat sud ekspertining malakasini oshirganligi to‘g‘risida
SERTIFIKAT
№ _______________

20___ yil «___» ______________ __________________
(berilgan joyi)
__________________________________________________________________
(Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___ yil «____» _______________dan 20___ yil «____»_______________gacha ___________________________________ soatli
______________________________________________________________________ni
(malaka oshirish kursining nomi)
muvaffaqiyatli tamomladi.
Komissiya raisi ______________ ____________________________
(imzo) (F.I.O.)
(M.O‘.)
Amal qilish muddati: 2 yil

 

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI
X. SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI
Davlat sud ekspertining huquqiy bilimlarini oshirganligi to‘g‘risida
SERTIFIKAT
№ _______________

20___ yil «___» ______________ __________________
(berilgan joyi)
__________________________________________________________________
(Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___ yil «____» _______________dan 20___ yil «____»_______________gacha ___________________________________ soatli
______________________________________________________________________ni
(huquqiy bilimlarni oshirish kursining nomi)
muvaffaqiyatli tamomladi.
Komissiya raisi ______________ ____________________________
(imzo) (F.I.O.)
(M.O‘.)
Amal qilish muddati: 2 yil

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son qaroriga
2-ILOVA

Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan

DAVLAT TALABLARI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi, «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan davlat sud ekspertlarining (keyingi o‘rinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini oshirish tizimiga qo‘yilgan majburiy talablarni belgilaydi.
  2. Davlat talablari sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari, ta’lim sifatini baholash va nazorat qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

2-bob. Davlat talablarining qo‘llanish maqsadi va sohasi

  1. Davlat talablari sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha muassasaning faoliyatini tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
  2. Davlat talablari:

sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy va asosiy talablarni;

sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmini hamda sud ekspertlariga beriladigan hujjatni;

sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan asosiy talablarni;

sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.

3-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy va asosiy talablar

  1. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan umumiy talablar tegishli o‘quv dasturlari bilan aniqlanadi.
  2. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni sud ekspertlari tomonidan asosiy va qo‘shimcha (yangi) bilim va ko‘nikmalar olishga, shuningdek yangi turdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur malakalarni egallashga yo‘naltirilgan.
  3. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning sifati ushbu tizim bo‘yicha o‘quv jarayonini yakunlagan sud ekspertlarining zarur tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarining sud ekspertlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga mosligi bilan aniqlanadi.
  4. O‘quv dasturlari sud ekspertizasi sohasiga oid fanlarning ilg‘or yutuqlariga, sud-ekspertlik amaliyoti va amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqiladi hamda o‘quv jarayonining uzluksizligi va uzviyligi talablariga mos bo‘lishi lozim.
  5. Sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar nazariy, amaliy, ekspertizaga oid bilimlarning o‘zaro mosligi, shuningdek mutaxassislik bo‘yicha zarur malaka hamda ko‘nikmalarni o‘rganishni inobatga olgan holda zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga asoslanadi.
  6. Sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi;

zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba hamda uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

ixtisoslik va tegishli fanlar bo‘yicha yangi bilimlar;

ta’limning amaliy yo‘naltirilganligi, amaliy kasbiy tayyorgarlik;

qonunchilikdagi oxirgi o‘zgartirishlar;

huquqbuzarliklarga murosasizlik;

sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish;

ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etishning tashkiliy-metodik jihatlari.

  1. O‘quv dasturlarining mazmuni sud ekspertlarining malakasini oshirish shakllariga, shuningdek o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligiga, sud ekspertlarida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga mos bo‘lishi lozim.

4-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmi va sud ekspertlariga beriladigan hujjatlar

  1. Sud ekspertlarining malakasini oshirish ikki haftadan kam bo‘lmagan muddatda sud ekspertizasi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan tashkil etiladi.
  2. Sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni haftasiga ko‘pi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.
  3. O‘quv jarayoniga jalb etilgan va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan sud ekspertlariga belgilangan namunadagi Davlat sud ekspertining malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.

5-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan asosiy talablar

  1. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini to‘g‘ri anglash va qo‘llash qobiliyati;

sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati;

ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati;

turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik.

  1. Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini to‘g‘ri anglash va qo‘llash qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar hamda qoidalarni, jumladan protsessual normalarni bilish va ularning mohiyatini tushunish;

qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish va ularning qonun bilan kafolatlanishini anglash;

davlat hokimiyati organlari tizimini va ularning tashkil etilishi asoslarini bilish;

sohaga oid qonun hujjatlarini bilish, tushunish va ularni amaliyotda qo‘llay olish.

  1. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

sud ekspertizasi sohasidagi bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

mustaqil ijodiy fikrlash hamda sohaga oid huquqiy normalarni to‘g‘ri, bir xilda tushunish va qo‘llash, ularning mazmunini aniqlay olish;

sud ekspertizalarining metod va metodikalarini bilish, ularni tadqiqotlar o‘tkazishda mustaqil va to‘g‘ri qo‘llay olish;

dastlabki, qayta, qo‘shimcha, komissiyaviy va kompleks ekspertizalar bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkaza olish;

sud ekspertizasi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini mustaqil qo‘llash, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazishda mavjud xatolar va kolliziyalarni aniqlay olish hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish;

o‘z faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning asoslarini bilish.

  1. Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

sud ekspertiza sohasida alohida mavzu yoki mavzuning bir qismi bo‘yicha ilmiy izlanishlar hamda tajribalar o‘tkaza olish va bunday faoliyatda ishtirok etish;

sud ekspertizalarining mavjud metodikalarini takomillashtirish yoki yangi metodikalar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish;

yangi turdagi sud ekspertizalarini joriy qilish bo‘yicha tegishli ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish.

  1. Turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

faoliyatida uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni oldindan bilish va ularni baholay olish;

sud-ekspertlik faoliyatida yuzaga keladigan kolliziyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish;

turli vaziyatlarda aniq va qonunga muvofiq harakat qilish.

6-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibi

  1. Sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash ta’lim jarayonini ichki va tashqi shaklda nazorat qilishdan iborat.
  2. Ichki nazorat sud ekspertizasi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari bo‘yicha Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi) tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratda o‘quv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlarining bilimlari yakuniy nazorat natijalari asosida baholanadi.
  3. Tashqi nazorat Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son qaroriga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

 

  1. 1-bandning uchinchiva to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 20 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin».

  1. 2-bandda:
  2. a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:

«davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil qilish»;

  1. b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
  2. Qarorga2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
TUZILMASI

 

Skip to content