Sud yong’in texnikaviy ekspertizasi

Yong‘in-texnikaviy ekspertizasi mavjud protsessual va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartib qoydalar doirasida yong‘in paydo bo‘lish joyi, sababi, vaqti, uning tarqalish sabablari va yo‘llari, shuningdek yong‘inga olib kelgan sharoitlarni yaratib bergan holatlarni o‘rganadi.

Sud yong’in-texnikaviy ekspertizasi bo‘yicha quydagi yonalishlarda tadqiqotlar olib boriladi.

  1. Yong‘in markazini olovning tarqalish yo‘llari va vaqtini, sababini tadqiqot qilish.
  2. Elektrotexnik sabablarga ko‘ra kelib chiqqan yong‘inlar tadqiqoti
  3. Yong‘in yuklamasini tekshirish
  4. O‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega yong‘in (yuklama)larni tekshirish
  • Ekspertiza ob’ektlari.

-yong‘in sodir bo‘lgan inshoot, transport, qurilma yoki yong‘in joyidan olingan ashyoviy dalillar, va ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar yong‘in-texnikaviy ekspertizalari uchun tadqiqot ob’ektlari xisoblanadi.

  • Ekspertizaga taqdim etilishi lozim bo‘lgan materiallar.

-Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror va ajrim

-Yong‘in haqidagi dalolatnoma

-Voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi

-Yong‘in joyi chizmasi

-Ashyoviy dalillarni olish bayonnomasi.

  • Qo‘shimcha ravishda ekspertizaga taqdim qilinadigan ma’lumotlar.

-Yong‘in joyining foto va videolavhalari.

-Yong‘inni birlamchi ko‘rgan, guvohlarning, tushuntirish xatlari;

-Tuman elektr ta’minoti korxonasidan ma’lumotnoma;

-Tuman gaz idorasidan ma’lumotnoma

-Gidrometeorologiya hizmatidan ma’lumotnoma,

-qo‘shimcha yoki komission ekspertizalar o‘tkazilishi talab etilganda, birlamchi o‘tkazilgan ekspertiza xulosalari nusxalari taqdim etilishi zarur.

  1. Yong‘in markazini olovning tarqalish yo‘llari va vaqtini, sababini tadqiqot qilish bo‘yicha sud yong’in-texnikaviy ekspertizasi qanday masalalarni hal qiladi?

– Yong’in boshlangan joy(o‘chog’i)ni aniqlash;

 -Yong’in tarqalish yo‘nalishi va tarqalish sababini aniqlash

– Yong’in sodir bo‘lgan vaqtni aniqlash;

– Yong’inni bevosita kelib chiqish sababini aniqlash.

  1. Elektrotexnik sabablarga ko‘ra kelib chiqqan yong‘inlar tadqiqoti bo‘yicha sud yong’in-texnikaviy ekspertizasi qanday masalalarni hal qiladi?

-Yonginni kelib chiqishiga elektr tarmoqlarining aloqadorligini aniqlash;

-elektr o‘tkazgich(sim)larda qisqa tutashuv alomatlar mavjud yoki yo‘qligini aniqlash.

-elektr o‘tkazgich(sim)larda yoqori o‘tuvchi qarshilik alomatlari mavjud yoki yo‘qligini aniqlash.

-elektr o‘tkazgich(sim)larda ortiqcha yuklama alomatlari mavjud yoki yo‘qligini aniqlash.

  1. Yong‘in yuklamasini tekshirish bo‘yicha sud yong’in-texnikaviy ekspertizasi qanday masalalarni hal qiladi?

-yong‘in yuzaga kelishidan oldin ushbu joyda mavjud bolgan yonuvchi modda va mahsulotlarning miqdorini aniqlash;

-turli xil modda va mahsulotlarning yonish jarayonidagi ajralib chiqqan energiya miqdorini aniqlash.

  1. O‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega yong‘in (yuklama)larni tekshirish boyicha sud yong’in-texnikaviy ekspertizasi qanday masalalarni hal qiladi?

-Kimyoviy o‘z o‘zidan yonish xususiyatiga ega yong’inlarni aniqlash

-Mikrobiologik o‘z o‘zidan yonish xususiyatiga ega yong’inlarni aniqlash

-Issiqlik tasirila o‘z o‘zidan yonish xususiyatiga ega yong’inlarni aniqlash

  • Tekshiruv

Yong‘inning sababini aniqlash uchun avvalo uning boshlangan joyi (yong‘inning markazi) aniqlanib olinadi. Yong‘inning boshlanish joyi inshoot, transport yoki qurilma ichida joylashgan ularning qurilish yoki tuzilish konstruktsiyalari, shu joydagi asbob-uskunalar va materiallarga yong‘inning ta’siri oqibatlarini o‘rganish orqali aniqlanadi.

Yong‘inning bevosita (texnik) sababini o‘rnatish ketma-ket uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • -yong‘in yuzaga kelishidan oldin ushbu joyda xosil bo‘lgan vaziyatni o‘rganish;
  • -yong‘in manbasini aniqlash va o‘rganish;
  • -yong‘inning bevosita (texnik) kelib chiqish sababi haqidagi ehtimolliklarni o‘rganish.

Yong‘in boshlangan joy aniqlangandan so‘ng ushbu joyda yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yong‘in manbalari o‘rganilib, ulardan ashyoviy dalil sifatida tadqiqotlar o‘tkazish uchun elektr o‘tkazgichlar, quilmalar kabi na’munalar olinadi. Ashyoviy dalillarni tadqiqot qilish avval vizual, so‘ng «MBS-9» rusumli mikroskopik va AxioTech (Carl Zeiss, Germany) metallografik mikroskop yordamida 3,33-100 marta kattalashtirilgan holda ko‘zdan kechirilib ulardagi avariya holatlar, qisqa tutashuv alomatlari(geometrik formasida keskin o‘zgarishlar, elektr yoy asoratlari, erigan qismida mayda metall parchalari)ning mavjud yoki yo‘qligi aniqlanadi.

  1. Ashyoviy dalillar va qiyosiy tekshiruv materiallarini yig‘ish, olish, o‘rash, saqlash talablari qanday?

Sudga oid yong’in-texnikaviy ekspertizasini o‘tkazish uchun voqea joyidan olingan ashyoviy dalillar qanday holda topilgan bo‘lsa, o‘sha holda ekspertizaga yuboriladi, bundan tashqari ishga aloqador ma’lumotlar taqdim qilinadi.

Tadqiq qilish uchun yuborilayotgan ob’ekt haqida qaerdan, qachon va qaysi ish bo‘yicha olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Tegishli ma’lumotlar surishtiruvchi, tergovni olib borgan shaxs, prokuror yoki sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan va muhrlangan bo‘lishi kerak. Ashyoviy dalillarning buzilishi yoki ularga zarar yetkazilishining oldini olish hamda ashyoviy dalillarni tadqiq qilishda qiyinchilik tug‘dirmaslik maqsadida bevosita ekspertiza ob’ektlari  ustiga hech qanday yozuvlar yozish yoki izohlar kiritilgan qog‘ozlarni yopishtirish mumkin emas.

  

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi eksperti
M.D.Genjemuratov

Skip to content