Sud-fonografiya ekspertizasi hal etadigan masalalar

Poraxo‘rlik, korrupsiya, ta’magirlik, terrorizm kabi jinoiy ishlarni fosh etishda sud-fonografiya ekspertizasi muhim ahamiyatga ega. Jinoyatga tayyorgarlikni yoki qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarni fosh etishda isbotlovchi va guvohlik beruvchi holat va materiallar tanqis bo‘lgan vaziyatlarda, yashirin ravishda yozib olingan so‘zlashuvlar mavjud hollarda, shaxslarning qilgan jinoyatlarini ochish uchun sud-fonografiya ekspertizasi ayniqsa qo‘l keladi.

Sud-fonografiya ekspertizasining maqsadi — tadqiqot qilinuvchi fonogramma yozib olingan asbob-uskunani, ya’ni raqamli diktofon, raqamli videokameralarga, videoregistratorlarga, kuzatuv kameralariga, uyali telefonlarga, flesh-xotira kartalariga, flesh-xotira yig‘uvchilariga, kompakt disklarga va h.k.larga, yozilgan suhbatni (fonogrammani) tadqiqot qilish, suhbat mazmuni, unda ishtirok etgan shaxslar soni, jinsi, suhbatning sharoitlari, agar mavjud bo‘lsa, elektroakustik montaj belgilarini aniqlash va boshqa bir qancha tergov, sud organlarini qiziqtiruvchi masalalarni hal etishdir.

Tergov idoralari tomonidan qonunda belgilangan tartibda yashirin ravishda yozib olingan fonogrammalar ashyoviy dalil sifatida mavjud bo‘lganda, tergovchi (surishtiruvchi, sud), sud-fonografiya ekspertizasini tayinlaydi.

Sud-fonografiya ekspertizasining ob’ektlari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:

– raqamli tovush yozish moslamalariga, videokameralarga, raqamli diktofonlarga, raqamli videokameralarga, uyali telefonlarga, flesh-xotira kartalariga, kompakt va raqamli disklarga va h.k.larga yozilgan fonogrammalar;

– fonogrammaning stenogrammasi, ya’ni suhbatning so‘zma-so‘z bayoni;

– ovoz yozish moslamasi ( raqamli diktofon, raqamli videokamera, uyali telefon, flesh-xotira kartasi, flesh-xotira yozuvchisi, kompakt disk va boshq.);

Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasining ekspertlari tergov va sud tomonidan tayinlangan ekspertizalar bo‘yicha diagnostik va identifikatsion masalalarni hal qiladilar.

Sud-fonografiya ekspertizasi hal etadigan masalalar. Sud-fonografiya ekspertizasi quyidagi masalalarni hal etadi:

– ekspertizaga taqdim etilgan stenogrammaning tadqiq qilinuvchi fonogramma mazmuniga mos kelishi yoki mos kelmasligi;

– ekspertizaga taqdim etilgan yozuv (fonogramma) sifati past va fonogrammani tashqi shovqinlardan tozalash zarur bo‘lganda, suhbat stenogrammasini tuzish;

– ekspertizaga taqdim etilgan suhbatda nechta shaxs ishtirok etganligini, ularning jinsini,  ruhiy holatini, suhbat qatnashchilarining nutqlari  erkin holatdami yoki avvaldan tayyorlangan matnni o‘qish ko‘rinishidami, suhbat qaerda (xonada, ko‘chada, avtomashina salonida va h.k.) yozib olinganligini aniqlash;

– suhbat yozib olingan tashuvchida mexanik (faqat lenta-tortuvchi mexanizmi bo‘lgan ob’ektlar bo‘yicha) yoki elektroakustik montaj belgilari mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan fonogramma asli yoki nusxaligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan fonogrammadagi ovoz va nutqning kimga tegishli ekanligini aniqlash (identifikatsiya qilish);

– ekspertizaga taqdim etilgan tadqiqot qilinishi lozim bo‘lgan fonogramma aynan qaysi moslamada yozib olinganligini aniqlash (faqatgina mazkur fonogramma yozib olingan deb tahmin qilinayotgan tovush yozish moslamasi ekspertizaga taqdim qilingan hollarda);

 – ekspertizaga taqdim etilgan videotasma va videofonogrammalarni tadqiqot qilish (videotexnika tadqiqoti) va h.k.

Darhaqiqat, sud-fonografiya ekspertizasi jinoyatni ochish, uni sodir qilgan shaxsni aniqlash, qonuniy xukmlar va odilona hal qiluv qarorlar chiqarishda muhim o‘rin egallaydi.

Ayni vaqtda Respublika sud ekspertizasi markazida sud fonografiya ekspertizasi rus va o‘zbek tilida o‘tkazish tashkil qilingan. Markaz zarur hollarda tegishli mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etib, boshqa tildagi fonogrammalarni ham tadqiqot qilish imkoniga ega.

Sud-fonografiya ekspertizasining maqsadi – tadqiqot qilinuvchi fonogramma yozib olingan asbob-uskunani, raqamli diktofon, raqamli videokamera, uyali telefonlarga yozilgan suhbat (fonogramma) ni tekshirish natijasida ish bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan daliliy faktlar, suhbat mazmuni, ishtirok etgan shaxslar soni, jinsi, ularning shaxsi,  suhbat sharoitlari va boshqalarni aniqlashga qaratilgandir.

Laboratoriyamiz ekspertlari hal qiladigan masalalari bu:

– ekspertizaga taqdim etilgan stenogrammaning tadqiqot qilinuvchi fonogramma mazmuniga mos kelishi yoki mos kelmasligi;

– ekspertizaga taqdim etilgan yozuv (fonogramma) sifati past bo‘lganda suhbat stenogrammasini tuzish;

– ekspertizaga taqdim etilgan suhbatda nechta shaxs ishtirok etganligini, ularning jinsini, suhbat qaerda (xonada, ko‘chada, avtomashina salonida va h.k.) yozib olinganligini aniqlash;

– suhbat yozib olingan tashuvchida mexanik yoki elektroakustik montaj belgilari mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan fonogramma asli yoki nusxaligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan fonogrammadagi ovoz va nutqning kimga tegishli ekanligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan tadqiqot qilinishi lozim bo‘lgan fonogramma,  aynan qaysi moslamada yozib olinganligini aniqlash;

– ekspertizaga taqdim etilgan videofonogrammalarni tadqiqot qilish va hokazo.

Hayotimizning barcha jabhalariga fan va texnika yutuqlari yashin tezligida kirib kelishga ulgurdi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan dastlabki tergov organlari va sudlarning faoliyatida bunday yutuqlarni keng tatbiq qilish alohida ahamiyatga ega. Shu borada, Markazning sud-fonografiya laboratoriyasida “Videotexnika ekspertizasi” yo‘nalishidagi yangi turdagi ekspertizani o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Bu yangi turdagi tadqiqot zamonaviy raqamli audio va video tashuvchilarda, masalan: raqamli diktofon, raqamli videokamera, videoregistrator, uyali telefon apparatlaridagi yozuvlarda elektroakustik montaj belgilarini aniqlash, ularni diagnostika qilish, audio/video yozuvlarni raqamli tashuvchilar xotirasiga qachon saqlanganligi, ularga o‘zgartirishlar kiritilganmi-yo‘qmi, aniqlash, raqamli tashuvchilarning sozligi yoki nosozligini aniqlash, ularni identifikatsiya qilish (aynan shu raqamli tashuvchida yozilganmi-yo‘qmi), audio/video yozuvlar asl yoki nusxami, vahokazo,kabi  masalalarni hal qilish imkoniyatini beradi.

Shuni aytish joizki, videotexnika ekspertizasining hal etadigan masalalar ko‘lami ham juda kengdir.

 Bu turdagi tadqiqotni amaliyotga tatbiq etish, albatta, sud ekspertizasi faoliyatini yanada takomillashtirishga zamin yaratdi.

N.B. Abrarova – RSEMning SFE laboratoriyasi mudiri