Yo‘l-transport hodisalari oqibatida odamni bosib yoki urib ketish, tunash, o‘g‘irlik va transport vositalarining bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashishi kabi ko‘pgina jinoyatlarni tekshirishda lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining ashyoviy dalil sifatidagi o‘rni alohida ahamiyatga ega.
Bu kabi ishlar bo‘yicha tayinlanadigan loq-bo‘yok materiallari kriminalistik ekspertizaning vazifasi ish holatlari bilan belgilanadi. Tergov organlarini ko‘pincha buyumlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgani qiziqtiradi, chunki bu jinoyat vaziyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Predmeti: LBM, LBQ va BBning kriminalistik tadqiqotlarining ilmiy asoslari va metodikalari yordamida aniqlanadigan, jinoyat ishlarini tergov qilish va ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yordam beradigan faktik ma’lumotlar – mazkur turdagi kriminalistik ekspertizalarning predmetini tashkil qiladi.
Ob’ektlari: lok-bo‘yoq materiallari, masalan, hodisa sodir bo‘lgan joydan aniqlab olingan kiyimda turli rangdagi moddalarning dog‘lari aniqlangan va ular keyinchalik badiiy moy bo‘yoq deb diagnostika qilingan. Bu holat esa kiyim egasining faoliyat turini (masalan, rassom) aniqlashda ahamiyat kasb etadi. LBM, LBQ va BBning kriminalistik ekspertizasining ob’ektlari sifatida LBMning alohida suyuq va to‘kiluvchan turlari, moddiy sharoitning elementlaridagi LBMning ifloslanishlari (mikrozarrachalar, ishqalanishlar), LBMning alohida tarkibiy qismlari (komponentlari) bo‘lishi mumkin;
- lok-bo‘yoq qoplamalari (yoki ularning bo‘laklari), masalan, tekshirilayotgan o‘ram materialida, tuzilishi va materiali aniq bir turdagi o‘q-dorining LBQsiga mos keladigan LBQ mikrozarrachalari aniqlanadi. O‘q-dorilarni qonunga xilof ravishda saqlash jinoyat hisoblangani uchun tegishli surishtiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi. LBM, LBQ va BBning kriminalistik ekspertizasining ob’ektlari sifatida, hodisa joyining moddiy sharoiti elementi – aniq bir ob’ektlarning LBQlari yoki bo‘yalgan buyumlardan ajralib qolgan LBQ ning alohida bo‘laklari (jumladan, mikroob’ektlar) maydonga chiqadi;
- bo‘yalgan buyum (mahsulot), hodisa sodir bo‘lgan joyda, jabrlanuvchi piyodani urib yuborishda taxmin qilinayotgan transport vositasiga tegishli LBQ ning zarrachalari aniqlanadi. Bu holda bo‘yalgan buyum sifatida avtomashina maydonga chiqadi. Bo‘yalgan buyum – moddiy sharoitning aniq bir elementidir.
Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining ekspertizasiga oldiga qo‘yiladigan savollar:
- Diagnostik (noidentifikatsion) savollar:
- Taqdim etilgan buyumning sirtida (begona) LBM yoki LBQ ning zarrachalari (qoldiqlari) mavjudmi?
- Aniqlangan zarrachalar LBM yoki LBQga mansubmi?
- Buyumni bo‘yash usuli qanday?
- Buyumni bo‘yashda qanday lok-bo‘yoq materiallari ishlatilgan?
- Buyum bo‘yalganmi yoki qayta bo‘yalganmi? Agar bo‘yalgan (qayta bo‘yalgan) bo‘lsa, uning dastlabki rangi qanday?
- Bo‘yalgan buyumning sirtidan LBQ ning zarrachalarini ajratish mexanizmi qanday?
- Tekshirilayotgan ob’ektdagi LBM-LBQ izlarining hosil bo‘lish mexanizmi qanday?
- Tekshirilayotgan ob’ektdagi LBM-LBQ izlarini aynan ko‘rilayotgan hodisaga bog‘liq holda hosil bo‘lganmi?
- LBQining zarrachalari tranpsort vositasi yoki boshqa bo‘yalgan buyumning bo‘yoq qoplamasiga tegishlimi? Agar, shunday bo‘lsa – aynan qanday?
- Agar aniqlangan zarrachalar transport vositasi LBQ ning qoldiqlari bo‘lsa, ushbu tranpsort vositasining turi va rusumini aniqlash mumkinmi?
- Aniqlangan LBQ zarrachalari (qoldiqlari) ajralib ketgan avtomobil bo‘yalganmi yoki qayta bo‘yalganmi? Agar bo‘yalgan (qayta bo‘yalgan) bo‘lsa qanday usulda va qanday sharoitlarda? Bu jarayonda qanday lok-bo‘yoq materiallari ishlatilgan?
- Tadqiqot uchun taqdim etilgan ob’ektda LBMning qatlam-izlari yoki mikrozzarchalari yoxud LBQ ning qoldiqlari mavjudmi?
- Aniqlangan (shu jumladan, tadqiqot ob’ekti sirtidagi) moddalar LBM yoki LBQga mansubmi (umuman yoki muayyan bir turiga)?
- O‘zaro solishtirilayotgan LBM va LBQ guruhiy mansublikka egami; agar bir guruhga mansub bo‘lsa, aynan qaynday guruhga?
- LBM tekshirilayotgan qismlari ilgari bir butunni (hajmini) tashkil qilganmi?
- Hodisa sodir bo‘lgan joydan (jabrlanuvchining kiyimi, buzish quroli va h.k.) aniqlangan zarrachalar, muayyan bir buyum LBQsining bir qismini tashkil qiladimi?
- O‘zaro solishtirilayotgan ob’ektlar (sirti bo‘yalgan buyum yoki LBM qoldiqlari) LBMning tayyorlash texnologiyasi (usuli), LBQ ning surtish usuli va h.k.lar bo‘yicha yagona kelib chiqishga egami? LBMning qatlam-izlari yoki LBQ ning zarrachalarining hosil bo‘lish mexanizmi qanday?
- Taqdim qilingan buyumlar o‘zaro ta’sirlashishda bo‘yalganmi?
- LBQ ning taqdim qilingan buyumga surtish usuli qanday; buyum sirtini qisman yoki to‘liq qayta bo‘yash holati mavjudmi?
- Savollarning yuqoridagi ro‘yxati yakunlangan emas, bu turdagi ekspertizalar jarayonida boshqa savollar ham hal qilinishi mumkin.
Identifikatsion savollar:
1.LBQ ning zarrachalari taqdim etilgan bo‘yalgan buyumning bir qismini tashkil qiladimi?
2.LBMning taqdim qilingan namunasi aniq bir lok-bo‘yoq materialining bir qismini tashkil qiladimi?
3.Muayyan bir bo‘yalgan buyumni bo‘yash uchun aniq bir idishdagi LBM ishlatilganmi?
4.Taqdim qilingan har ikki buyum o‘zaro ta’sirlashganmi?
5.Buzish qurollarining izlari aks etgan ob’ektlarni buzish uchun aynan bir buzish quroli ishlatilganmi?
6.O‘zaro solishtirilayotgan LBM namunalari aniq bir zavodda ishlab chiqarilganmi hamda bir partiyaga mansubmi?
7.O‘zaro solishtirilayotgan LBM namunalari aynan bir joyda saqlanganmi?
Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining ekspertizasiga materiallarni tayyorlash. Ashyoviy dalillarning o‘z vaqtida to‘g‘ri olinishi hamda o‘zgartirmay ekspertiza muassasasiga yetkazilishi ekspert tekshiruvlarini samarali olib borilishining muhim omilidir.
Hodisa sodir bo‘lgan joylarda LBQ zarrachalarini olish– bo‘yalgan buyumlarning hodisa joyidagi boshqa buyumlar bilan ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan joylarida amalga oshiriladi:
- YTH bo‘yicha ishlarda – transport vositalarining va ular ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan buyumlarning (daraxt, stolba, qurilish konstruksiyalari, jabrlanuvchilarning kiyimlari va h.k.) sirtida, shuningdek yo‘l qoplamasida;
- turli to‘siqlarni (eshik, oyna va sh.k.) buzish bo‘yicha ishlarja – buzish qurollari izlarida, taxmin qilinayotgan buzish qurollari sirtida, buzilgan ob’ektlarning qismlarida (masalan, xonaning poli) va h.k.
LBQ zarrachalarini hodisa joyini ko‘zdan kechirish tadbirini o‘tkazishda tergov-tezkor guruhi a’zolarining harakatlari ta’siriga tushishi mumkin bo‘lgan joylardan – yo‘l qoplamasi va xona polidan qidirishdan boshlash lozim. DBQ zarrachalarini izlash kunning yorug‘ vaqtida yoki yetarlicha sun’iy yorug‘likda kamida 8 martagacha kattalashtiruvchi lupa yordamida amalga oshiriladi.
LBQlarning aniqlangan zarrachalari hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida, batafsil, rangi (ko‘p qatlamli zarrachalarning har bir qatlami rangi), soni, lokallashishi hamda iz tashuvchi buyumdagi zarrachalar aniqlangan sohalar ko‘rsatilib qayd etiladi. Shuningdek, yuqoridagi xususiyatlardan mumkin bo‘lganlari (lokallashishi hamda iz tashuvchi buyumdagi zarrachalar aniqlangan sohalar) chizmalarda ko‘rsatiladi va fotosuratga (video tasvir) olinadi. LBQ (LBM) zarrachalarining iz tashuvchi ob’ekt bilan o‘zaro ta’sirlashish xususiyatlari qayd etiladi. Aniqlangan zarachalar preparal ignalar, skalpel, pinsetlar yordamida, LBQ zarrachalarining butunligi buzilmaydigan tarzda olinadi (kelgusi tadqiqotlar uchun) va qog‘oz yoki polietilen paketchalarga o‘rab-joylashtiriladi. LBQ zarrachalarini olish yoki o‘rab-joylashtirish uchun yopishqoq lentalar (skotch) yoki daktiloskopik tasmalardan foydalanish mumkin emas, chunki bu holda LBQ zarachalarining shakli va kimyoviy tarkibi o‘zgarishi, ular ishib qolishi mumkin.