Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi belgilandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami bo‘lib, uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Shuningdek korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillardan biri “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2024-yil 5 iyunda tasdiqlangani davlat tashkilotlari faoliyatida urug‘-aymog‘chilik, tanish bilishchilik kabi illatlarni baratraf etish uchun asos hisoblanadi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi” xizmat burchi bilan shaxsning shaxsiy manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatni o‘z ichiga oladi. Manfaatlar to‘qnashuvi xolati aniqlansa va to‘g‘ri boshqarilmasa, ular tashkilotning yaxlitligiga jiddiy tahdit solishi va korrupsiyaning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Korrupsiyaga qarshi kurasish davlat boshqaruvida asosiy vazifalardan biriga aylandi, sababi korrupsiya har qanday davlat va jamiyatda rivojlanish, qonun ustivorligini ta‘minlash, ijtimoiy, madaniy hamda boshqa sohalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar va qarorlarni amalga oshirish maqsadida Adliya Vazirligi tomonidan ham bir qancha tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga birinchi navbatda ahamiyat berilishi, uni yengishga bo‘lgan siyosiy irodani ifodalaydi. Qonun ijrosini to‘liq ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishni doimiy amalga oshirish maqsadida Adliya organlari va muassasalari mansabdor shaxslari va barcha xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid xatti harakatlar xaqida murojaat etish tizimi yo‘lga qo‘yilgan hamda har qanday korrupsiyaga oid huquqbuzarlik xolatlari xaqidagi habarlar o‘z vaqtida yetkazilishi va darhol ushbu xolatlarni aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart sharoitlari bartaraf etilishini ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratilishi maqsadida telegramm ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratildi.
Ushbu bot orqali xabar bergan shaxslarni mukofotlash va shaxsi sir saqlanishi tartibi joriy etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda Adliya Vazirligining X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida va uning viloyat bo‘limlarida ham alohida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Markaz rahbariyati tomonidan har bir xodimning faoliyati to‘liq nazoratga olingan. Ular tomonidan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaga oid xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, ularga nisbatan qattiq choralar ko‘rilmoqda. Fuqarolarning har qanday ko‘rinishdagi murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilinmoqda. Xodimlar tomonidan ularga nisbatan biron-bir nojuya harakatlar aniqlansa, o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bularning barchasi markaz va uning viloyat bo‘limlarida Qonun ustivorligini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuldashev Lazizxon Olimovich
X.Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertizasi markazining
Farg‘ona viloyat bo‘limi mudiri.